U-20 JCH. O‘zbekiston kambekni amalga oshirib, qiyinchilik bilan durangga erishdi

U-20 JCH. O‘zbekiston kambekni amalga oshirib, qiyinchilik bilan durangga erishdi

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi guruh bosqichidagi eng muhim o‘yinlardan birini o‘tkazdi. Ravshan Haydarov jamoasidan Yangi Zelandiyaga qarshi o‘yinda g‘alaba talab etilardi. Ammo futbolchilarimiz bir amallab durangga erishishdi.

Birinchi bo‘limda jamoamiz to‘pni to‘liq nazoratda ushlab, ko‘plab vaziyatlar yaratishdi. Ammo so‘nggi zarbani berishda o‘yinchilarimiz sustkashlikka yo‘l qo‘yishdi. Raqib himoyachilari matonat bilan to‘p yo‘liga g‘ov bo‘la boshlashdi. Aksiga, Yangi Zelandiya birinchi bo‘limda 2 ta zarba yo‘lladi, ikkita gol urdi. 23-daqiqada Benjamin Uolles va 40-daqiqada Jey Xerdman tomonidan yo‘llangan zarbalarni Otabek Boymurodov qaytara olmadi. Afsuski.

Ikkinchi bo‘lim boshida esa Rahmaonaliyev-Fayzullayev bog‘lama ish berdi va Abbos yaqin masofadan zarba berib, darvozani ishg‘ol qildi.

Haydarov maydonag bir necha yangi kuchlarni tashlab, o‘yinni o‘zgartirishga intildi, ammo bahs oxiriga qadar yana o‘sha vaziyatlardan foydalana olmaslik bizga pand bera boshladi. Ikkinchi taymga qo‘shib berilgan daqiqalarda Abdurahmatovning aniq uzatmasidan keyin Sherzod Esanov bosh bilan hisobni tenglashtirdi. Biroq qolganiga kuchimiz yetmadi.

Yoshlarimiz JChda o‘z hisoblariga dastlabki bir ochkoni yozishdi. Jamoamiz so‘nggi tur oldidan keyingi bosqichga chiqish uchun nazariy imkoniyatni saqlab qolishdi. 3-turda Gvatemalani yutishimiz shart!

U-20. JCH. "A" guruhi, 2-tur
O‘ZBEKISTON - YANGI ZELANDIYa - 2:2 (0:2)
Gollar: Abbosbek Fayzullayev (51), Sherzod Esanov (90+3) — Benjamin Uolles (23), Jey Xerdman (40)
O‘zbekiston U-20: Otabek Boymurodov, Abduqodir Husanov, Jahongir O‘rozov, Po‘latxo‘ja Xoldorxonov (Shahzod Akramov, 90+1), Behruz Asqarov (Rustam Turdimurodov, 68), Umarali Rahmonaliyev, Zafarmurod Abdurahmatov, Abbos Fayzullayev, Diyor Ortiqboyev (Shahzod Ne’matjonov, 83), Nodir Abdurazzoqov (Sherzod Esanov, 46), Mahmud Mahamadjonov (Saidafzalxon Ahrorov, 68).
Yangi Zelandiya U-20: Kis Sims, Isak Xyuz, Finn Shurmen , Fin Konchi, Jey Herdman, Norman Garbet, Everton Oleari (Jekson Jervi, 46), Den MakKey, Benjamen Uolles (Oliver Fey, 81), Kian Donkers, Lukas Kelli-Hold.
Ogohlantirishlar: Rahmonaliyev (10), MakKey (18), Oleari (24), Fayzullayev (86).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!