To‘tiqush 21 ta olmosni yutib yubordi

To‘tiqush 21 ta olmosni yutib yubordi

Tailandning Bangkok shahrida to‘tiqush egasining marjonidan 21 ta olmosni o‘g‘irlab, yutib yuborgan.

Frosti ismli sakkiz oylik to‘tiqush egasining zargarlik qutisi ustiga chiqadi. Olmos bilan ishlangan marjon marvariddagi toshlarning yorqinligi qushni o‘ziga jalb qiladi, Frosti esa ularni nonushta o‘rniga yeyishga qaror qildi.

Tushga qadar to‘tiqush holsizlangan va ovqatdan bosh tortishni boshlagan. Frostining egasi esa uni veterinariya klinikasiga olib boradi, u yerda rentgenografiya qilinadi.

Veterinariya shifokorlari ajablangancha, qushning oshqozonidan munchoqga o‘xshash mayda narsalarni topib, qushni shoshilinch operasiyaga yuborishdi. Frostiga umumiy narkoz beriladi va begona narsalarni olib tashlash uchun kichkina oshqozonini ochishadi. Amaliyot ikki soat davom etgan.

Natijada qushning oshqozonidan olingan olmosni shifokorlar bekasiga qaytarib berishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!