Turmush qurishda yigitlar o‘qimagan kelinni, qizlar esa savodsiz kuyovni afzal ko‘rmoqdami?

A A A
Turmush qurishda yigitlar o‘qimagan kelinni, qizlar esa savodsiz kuyovni afzal ko‘rmoqdami?

Yaqinda bir dugonam bilan suhbatlashib qoldim. Suhbat qizib, gap ilmli qiz-yigitlarning ilmsiz bo‘lganlar bilan turmush qurishi mavzusiga ko‘chdi. Shunda u: «Ixlosli, Qur’onni, ilmni qadrlaydigan inson, takabbur, ilmli bo‘la turib, hech kimni pisand etmaydigan olimlardan afzal, ularga turmushga chiqish yaxshiroq emasmikin», deb qoldi. Ochig‘i, bu gapdan g‘ashlandim, biroz jahlim chiqdi.

Ko‘p gapirib o‘tirmadim, faqat «Alloh «Qolalloh», «Qola Rasululloh» so‘zini ayttirib qo‘yganining o‘ziyoq fazilat kimda ekanini bildirib turibdi-ku?» dedim.

Shu bahona bo‘ldi-yu, eski xotiralar eshigi ochilib ketdi.

Talabalik yillarimizda yigitlar ichida ilmlidan ko‘ra o‘qimagan qizga uylanish yaxshiroq, degan fikr borligi haqida ko‘p eshitardim. Ammo, qizlarning ham qori, olimlardan ko‘ra, o‘zlari aytmoqchi, ixlosli avom turmush o‘rtoqni afzal ko‘rish holatiga hech duch kelmagan ekanman.

Tavba, qayerdan chiqqan o‘zi bu bemaza bahs, kimlar chiqargan? Yigitlari o‘qimagan ayolni istaydi, qizlari savodsiz kuyovni maqtaydi! Axir bu masala qilib, gapirib yurishga ham arzimaydigan gap-ku! Salgina hushyor bo‘lib kuzatilsa, mana shu gaplarni aytadiganlar aslida ilmsiz qiz va yigit bilan turmush qurib, olim va olimalar armon bo‘lib qolgan kishilar ekanini ko‘rish mumkin.

Kuyovlar nima desalar, shu to‘g‘ri ekan-da, deb og‘ziga termilib o‘tiraveradigan, mustaqil fikri, qarashlari bo‘lmaydigan, butunlay o‘ziga tobe bo‘lib qolgan ayolni istashadi. O‘zlari kabi ilm tahsil qilgan qizlar saviyasi ham deyarli o‘zi bilan teng bo‘lgani, haq-nohaqqa aqli yetgani uchun ulardan qochishadi. Qizlarda ham xuddi shu ahvol!

O‘rni kelganda, anchadan beri o‘ylab yurgan gaplarimni aytib olsam…

Ko‘p hollarda oliy ma’lumotli, biror sohada mutaxassis bo‘lgan qizlar turmushga chiqqach, uy ishlariga qiynalib, oqsashi bor gap. Ana shu vaziyatda oila a’zolarining uni qo‘llab, yordam qilish o‘rniga, o‘qiguncha ro‘zg‘or tutishni o‘rgansang bo‘lmaydimi, qabilida gapirishi hammaga ma’lum. Ammo, uning aynan o‘qimishli qiz ekani uchun ham boshqalardan afzal bilib, kelin qilishgani xayollaridan chiqib ketgan bo‘ladi.

Shuningdek, er-xotin orasida gap qochsa, er janoblari darrov, ilmli, ziyoli ayol ham shunaqa bo‘ladimi, deb qiz qolib, uning ilmiga malomat toshi otadilar. Uy ishlariga no‘noqlik qilsa, osh-noni o‘xshamasa ham, kelinning o‘qimishli ekani nishonga olinib, zarba shu tomondan beriladi. Bu borib turgan maydakashlikning o‘zi aslida.

Kim nima desa desin, ilmi bor inson, fe’li-xo‘yi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, avomdan ming marta afzal. Ayolning ilmliligi, keng dunyoqarashi qaysidir bir asosiy burilish nuqtasida o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Yoki aksincha. Ayolning ham, erkakning ham barcha ishlarni a’lo darajada bajarishi, albatta yaxshi. Ammo, hamma ham barobar emas. Epchil qizlar ro‘zg‘or sirlarini o‘rganib yurgan bir paytda, ilm yo‘lini tutgan qizlar bor iqtidori, vaqti, quvvatini sarflab ilm tahsil qilgan, unga yoshligini bag‘ishlagan. Millatga, dinga manfaati tegadigan kadr bo‘lish ishtiyoqida yurib, pazandalikni o‘rganishga vaqt topa olmagan.

O‘qigan ayol-ku, bir kosa taom tayyorlab, uy-joyini saranjom-sarishta tutishni har qachon uddalaydi, bu ayollik fitratida bor iqtidor. Ammo, u egallagan sohani, qiroat qilgan oyatlarini, sharhlay oladigan hadislarini ilmsiz, ammo abjir kelinlar tishi o‘tib o‘qiy olishi ham dargumon.

Ilmli ayollardan hamma ishni a’lo darajada bajarish talab qilingani holda, ishchan kelinlardan tahorat va namozning vojiblarini so‘rab qo‘yish hech kimning esiga kelmagani qiziq. Ular qanday avlodni tarbiya qilishining ahamiyati yo‘qmi? O‘ylab ko‘ring-chi, sizga e’tiqodi butun, ma’naviyati yuksak farzandlarni tarbiyalaydigan onalar kerak emasmi?

Yosh, o‘yinqaroq chog‘larini Qur’on yodlash, ilm egallash uchun sarflab, yer chopish, ekin ekish yoki boshqa xo‘jalik ishlarini do‘ndira olmagani uchun qori, olim kuyovlarni malomat qilish qaysi mantiqqa to‘g‘ri keladi?

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni eslang, bir kuni xurmo daraxtlarini butab, changlatayotgan kishilar oldidan o‘tib qoldilar. Ularning daraxtlarni kesganini ko‘rib, shunday qilish shartmi, qabilida gap aytadilar. Sahobalar, U zot nimanidir bilib, shunga ishora qildilar, deb o‘ylab, qilayotgan ishlarini to‘xtatishdi. Natijada, o‘sha yilgi xurmo hosili ancha pasayib ketgan. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam

«Sizlar dunyoni (mendan ko‘ra) yaxshi bilasiz», degan edilar.

Mulohaza qilib ko‘ring, islomning birinchi olimasi Oisha onamiz, birinchi hofizai Qur’oni Hafsa onamiz, hadis roviyasi Ummu Salama onalarimiz qanday sifat bilan mashhur bo‘lganlar? Oisha onamiz xamir qorar, e’tiborsizlik qilib uxlab qolsalar, xamirni uy jonivorlari yeb ketar edi. Xo‘sh, o‘shanda ham, hozir ham bu ish uchun onamizni kim malomat qilayapti? Kim u kishining ilm sifatlariga ko‘z yumib, arzimagan xatoni bayroq qilib ko‘taryapti? Hech kim.

Har ikki holatda ulug‘larimizning dunyo ishlarini bilmaganlikda ayblash u yoqda tursin, hatto birovning esiga ham kelmagan. Chunki musulmonlar bu kabi arzimas mavzularni muhokama qilishdan ancha baland bo‘lganlar, ilm, hikmat va fazilatlariga tosh otilmagan.

Gapim so‘ngida aytarim – xizmatni do‘ndiradigan, pazanda kelin istaganlar, ilm o‘qigan, eliga-diniga foyda keltirish, kelajak rivoji uchun hissa qo‘shish orzusida yurgan qizlar eshigini taqillatmang.

Puldor, ishbilarmon, ishchan kuyov istaganlar, qori, olim yigitlarga qiz bermang, birov sizdan xafa bo‘lmaydi.

Ilmi, fazilatiga oshno bo‘lib nikohiga olgan kuyovlar, ularning haqqini biling. Diniga manfaat keltirishi mumkin bo‘lgan iqtidorini bo‘g‘mang, ruhini sindirib qo‘ymang. Qo‘lingizdan kelsa, bu ishida yordam berib, ajrdan hissa oling.

Sizlar, ey kelinlar! Allohning ahli, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning vorisi bo‘lgan erdan, u qachonki shariatga amal qilmasagina o‘pkalang, boshqa kamchiliklariga qalbidagi Qur’on va ilmi hurmati, ko‘z yuming.

U har qanday holda ham hammadan afzal, shuni unutmang. Axir, «Biladiganlar bilan bilmaydiganlar teng bo‘lurmi?!» (Zumar surasi, 9-oyat).

Manba: islaminstitut.uz

Zebunniso Najmiddinova


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Million rossiyalik mamlakatni tark etdi

Тадқиқот муаллифларининг таъкидлашича, уруш бошланганидан кейин ҳарбий хизматдан қочишга уринган ва мамлакатни тарк этаётган эркаклар сони сезиларли даражада ошган.

47°C issiqlikda tong ham, tun ham yo‘q: Hindistonning eng issiq hududida bir kun

Ҳиндистоннинг Уттар-Прадеш штатидаги Банда туманида ҳаёт сўнгги ҳафталарда мисли кўрилмаган жазирама иссиқлик шароитида кечмоқда.

Timmi ismli kit bioyoqilg‘iga aylanadi

Бу ҳақда Die Zeit нашри хабар берди.

Jaloliddin Masharipov terma jamoa qaydnomasidan chiqarilmoqda

Жалолиддин Машарипов Ўзбекистон миллий терма жамоаси қайдномасидан чиқарилгани хабар қилинмоқда. Унинг ўрнига Русланбек Жиянов 26 нафар футболчидан иборат якуний рўйхатга киритилиши кутилмоқда.

AQShda ham to‘y qilayotganlar aqldan ozmoqda

Бу ҳақда New York Post нашри хабар беради.

Andijonda IIB xodimi voyaga yetmagan shaxsning nomusiga tekkanligi aytilmoqda. Gumonlanuvchi 2004 yilgi Olimpiada bronza medali sohibi(?)

Ижтимоий тармоқда ИИБ ходими вояга етмаган шахснинг номусига текканлиги ҳолати юзасидан ҳабар жойлаштирилган.

Jasjan Rossiyada qo‘lga olindi: bloger kechirim so‘radi

У метро йўловчиларини турли провокацион ҳаракатлар орқали жанжалга ундаб, уларнинг реакцияларини видеога олган ва кейинчалик ушбу лавҳаларни ижтимоий тармоқларда тарқатиб келган.

19 nafar amaldor ishdan olindi, 36 nafari jazolandi

Натижада 36 нафар ходим интизомий жавобгарликка тортилди, 19 нафар масъул эса лавозимидан озод этилди.

O‘zbekiston terma jamoasi sardori Shomurodov yangi klubda 3 mln yevro maosh olmoqchi

"Metaratings.ru" нашри хабарига кўра, Саудия Арабистони клублари Ўзбекистон терма жамоаси ва "Истанбул Бошакшеҳир" ҳужумчиси Элдор Шомуродовга қизиқиш билдирмоқда.

Qurbonlar bor! Qarshi tumanida sodir bo‘lgan portlash to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot berildi

Дастлабки маълумотга кўра, 4 та автомобиль (2 та кобалт, 2 та газ ташишга мўлжалланган автомобиль) ҳамда 2 та ер остидаги ёқилғи сақлаш резервуари ёниб зарарланган.

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Шунингдек, ўқувчиларнинг ота-оналари «Энг фаол ота», «Жонкуяр она», «Масъулиятли ота-она» каби номинациялар ҳамда «Миннатдорчилик хат»лари билан тақдирланиши белгиланган.

O‘zbekistonda yangi ko‘l paydo bo‘ldi

Бухоро вилоятидаги Қизилқум чўли ўртасида тахминан 80 квадрат километр майдонни эгаллаган йирик сув ҳавзаси аниқланди.

O‘zbek futbolchilarining o‘yindan keyin qilgan ishi kanadaliklarni hayratga soldi!

2026 йилги жаҳон чемпионатидаги дебютига пухта тайёргарлик кўраётган Ўзбекистон миллий терма жамоаси жаҳон миқёсида ҳам эътибор ва эътироф қозона бошлади.

Eron 57 ta musulmon davlatidan iborat “Islom NATOsi” ni tuzishga chaqirdi

Бу ҳақда Iran International хабар берди.

Toshkentda qoidabuzar haydovchi qurol yordamida to‘xtatildi (video)

Мазкур ҳолат юзасидан қуйидагилар маълум қилинди.

JChda Masharipovning o‘rnini kim egallashi ma’lum bo‘ldi

Фотосессиялар йирик мусобақалар олдидан жамоаларнинг барча футболчилари ва бош мураббий иштирокида ташкил этилади ва ташкилий қўмитанинг расмий фото суратчиси томонидан амалга оширилади.

Andijonda "kibr ko‘cha-2" ochildi (video)

Андижон шаҳрининг Қўшариқ даҳаси ҳудудида миллий қадриятлар ва замонавий қулайликлар мужассам бўлган янги гастрономик кўча фаолият бошлади.

JCH-2026 start oldi: Meksika ilk o‘yinda g‘alaba qozondi, JAR esa maydonda 9 kishi bo‘lib qoldi (video)

ЖЧ-2026нинг дастлабки голи муаллифи 9-дақиқада Хулиан Киньонес бўлди

Rossiyada MAKS aviasaloni yana bekor qilindi

Россия Мудофаа вазирлиги буни "ҳозирги тезкор вазият" билан изоҳлади.

Kit Kellog Isroilning yadroviy quroli borligini “ochiqlab qo‘ydi”

Fox News хабар беришича, АҚШ президентининг Украина бўйича собиқ махсус вакили Кит Келлог Исроилда ядровий қурол мавжудлиги ҳақида жамоатчиликда янги муҳокамаларга сабаб бўладиган баёнот берган.

Turkiyaning vaqt sekinlashadigan qishloqlari haqida bilasizmi?

Сўнгги йилларда секин саёҳат (clow travel) замонавий туризмнинг муҳим йўналишларидан бирига айланди. Сайёҳлар тобора сокин, мазмунли ва мақсадли саёҳатни афзал кўрмоқда.

Surxondaryoda uch nafar o‘smir daryoga cho‘kib, halok bo‘ldi

Сурхондарё вилоятининг Жарқўрғон туманида дарёга чўмилиш учун тушган беш нафар йигитдан уч нафари кучли оқим қурбони бўлди.

Tailand sudi ikki erkakni o‘lim jazosiga hukm qildi

Ҳужум оқибатида 20 киши ҳалок бўлган, 120 дан ортиқ инсон жароҳатланган эди.

Professor Hasan Hasanovning “Vengerlar va ozarbayjonlarning umumiy etnik ildizlari” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

2026 йил 10 июнь куни Туркий Маданият ва Мерос Жамғармаси бош қароргоҳида ташкилотнинг “Туркий дунё дипломатияси дурдоналари” китоблар туркуми доирасида нашр этилган янги асар — таниқли жамоат, давлат ва сиёсат арбоби, Туркий Давлатлар Ташкилоти Оқсоқоллар Кенгаши аъзоси, тарих фанлари доктори, профессор Ҳасан Ҳасановнинг “Венгерлар ва озарбайжонларнинг умумий этник илдизлари” номли китоби тақдимоти бўлиб ўтди.

Tramp Eronga qarshi yangi kuchli zarbalar bilan tahdid qildi

Дональд Трамп АҚШ яқин соатларда Эронга қарши яна бир қатор “жуда кучли зарбалар” бериши мумкинлигини маълум қилди.

Surxondaryoda poyezdda yo‘lovchi ayolga shilqimlik qilgan chipta sotuvchisi 5 sutkaga qamaldi

Жабрланувчининг кўрсатмасига кўра, у манзилга яқинлашганда чипта сотувчиси унинг орқасидан келиб қучоқлаган.

Andijondagi poliklinikada 4 kishi zaharlanib vafot etdi

Фавқулодда вазиятлар вазирлиги матбуот хизмати Марҳаматдаги ҳолатда қутқарувчилар 4 жасадни чиқариб олгани тасдиқлади.

Faqat ovoz va royal: Jon Lejend Samarqandga unutilmas oqshom tuhfa etdi

8 июнь куни Самарқанддаги Регистон майдонида дунёга машҳур қўшиқчи, қўшиқнавис ҳамда «Грэмми», «Оскар», «Тони» ва «Эмми» мукофотлари соҳиби Жон Ледженднинг узоқ кутилган концерти бўлиб ўтди.

Jizzaxdagi parkda attraksion sinishi oqibatida 4 kishi jarohatlandi

Билдирилишича, ҳозирги вақтда жабрланганлар маҳаллий шифохона масъуллари назоратида.

G‘azo vayronalar ostidagi jasadlar sabab kemiruvchilar bosqiniga uchradi — Financial Times

Аҳоли кемирувчилардан ташқари чивин, бурга ва битларга қарши курашишга ҳам мажбур бўлмоқда.

Pokiston Afg‘oniston hududiga havo zarbalari berdi

Покистон Афғонистон билан чегара бўйлаб ҳаво зарбалари уюштирди. Бу ҳужумлар минтақада бир неча ой давом этган нисбий тинчликдан кейин содир бўлди.

Shimoliy Irlandiyadagi pichoqli hujum ortidan muhojirlarga qarshi tartibsizliklar boshlandi

Шимолий Ирландиянинг бир қатор шаҳарларида муҳожирларга қарши оммавий тартибсизликлар юз берди. Намойишлар Белфаст шаҳрида суданлик эркакнинг бир кишига пичоқ билан ҳужум қилгани ҳақидаги хабарлар ортидан бошланган.

O‘zbekiston delegasiyasi Rossiyada bir qator samarali uchrashuvlar o‘tkazdi

Ўзбекистон Республикаси Президенти матбуот котиби Шерзод Асадов бошчилигидаги делегация Россияда ташриф билан бўлди.

Gonkong OAV O‘zbekiston turizmiga yuqori baho berdi: vizasiz rejim va to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar kutilmoqda

“HK TVB News Today” телеканали орқали Гонконг ва Ўзбекистон ўртасида визасиз режим муддати узайтирилаётгани ҳамда икки мамлакат ўртасида тўғридан-тўғри рейслар йўлга қўйилиши кутилмоқда экани, шунингдек, Гонконг сайёҳлик агентликлари икки томонлама туризмни ривожлантиришга умид билан қараётгани ҳақида материал эълон қилинди.

Sud tizimida yangi nazorat mexanizmi: shaffoflik va halollikni ta’minlashning qo‘shimcha kafolati

Президент Фармони билан суд тизимида коррупциявий хавф-хатарларни барвақт аниқлаш ва олдини олишга қаратилган янги механизмлар жорий этилмоқда. Шу мақсадда Олий суд таркибида Комплаенс назорати хизмати ташкил этилиши белгиланган.

Sirdaryoda chiyabo‘ri odamlarga hujum qildi

Битта чиябўри 4 кишига ҳужум қилган. Шу маҳаллада яшовчи эркак тезкор чоралар кўриб, ҳайвонни зарарсизлантирган.

Xalqaro jinoyat sudi prokurori Karim Xonga qarshi tergovda jiddiy qonunbuzarliklar aniqlandi

Associated Press (AP) хабар беришича, Халқаро жиноят суди (ХЖС) прокурори Карим Хонга қарши олиб борилган ички тергов унинг хизмат вазифаларини жиддий бузган бўлиши мумкинлигини кўрсатган.

Istanbulda o‘zbekistonlik 6 yoshli bola tramvay ostida qolib vafot etdi

Аниқланишича, вафот этган фуқаро ота-она ва яқинлари билан бирга Туркияга сайёҳ сифатида келган.

Suriya davlatidagi terrorizmni moliyalashtirishda ayblangan 8 kishi qamaldi

«Саад Мухтор» тахаллусли мазкур шахс Telegram мессенжери орқали Фаластинда жабр кўрган мусулмонларга эҳсон қилиш ниқоби остида пул йиғиш билан шуғулланган.