Turkiyaning atirgul bog‘i – Isparta

A A A
Turkiyaning atirgul bog‘i – Isparta

Insonlarning kundalik hayotida juda alohida o‘rin tutgan atirgul, sevgi, go‘zallik, muhabbat va hurmat ifodasini eng go‘zal tarzda o‘zida mujassam etgan guldir.

Shimoliy yarimsharning o‘simligi xisoblangan atirgulning asl kelib chiqish vatani Sharqiy Osiyodir. Aniq bo‘lmasada, atirgul yog‘i va suvining dastlab Eron yoki Hindistonda ishlab chiqarilgani, so‘ngra Anadolu, Yevropa, Shimoliy Afrika va Sharqiy Osiyoga tarqalgani ma’lum.

Qazilmalarga ko‘ra, atirgulning yer yuzida mavjudligi kamida 35 million yillik tarixga ega. Atirgulning insoniyat tarixidagi o‘rni va ahamiyati kamida 5000 yillik rang-barang tarixga asoslanadi.

O‘zining vatani Sharqiy Osiyodan dunyoning boshqa hududlariga savdo yo‘li bilan yetib borgan atirgul o‘zining go‘zal hidi va shifobaxshligi bilan qadimdan turli rivoyatlarga sabab bo‘lgan va xushbo‘y hidining shaydolari uchun ajralmas gul hisoblanadi. Darhaqiqat, atirgul bog‘lari qadimgi davrlarda finikiyaliklar, yunonlar va rimliklar uchun bug‘doy dalalari va bog‘lar kabi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan.

Tarixda atirgul hidining uzoq muddat saqlanib qolishini ta’minlash uchun qilingan birinchi usul qadimgi davrlarda Misr, Mesopotamiya, Hindiston va Xitoy kabi sivilizasiyalar tomonidan qo‘llanilgan moylar bilan makerasiya (atirgul gullarini ma’lum vaqt davomida mazkur yog‘larda saqlash usuli) edi. Keyin miloddan avvalgi 3500 yilda kashf etilgan suv bilan ekstraksiya usuli (atirgul gullarini ma’lum usullar bilan suvga solib, keyin bu suvni filtrlash orqali ishlatish) qo‘llanilgan. Keyinchalik, miloddan avvalgi 50 yillarda esa insoniyat tomonidan kashf etilgan "ruhni ushlash" usuli, ya’ni distillash orqali olingan mahsulotlar paydo bo‘ldi va bu atirgul suviga aylandi. Oxirgi bosqichda bu atirgul suvidagi xushbo‘y moy zarralarini to‘plashga harakat qilinib, atirgul moyi olina boshlandi.

Ispartada atirgul yetishtirishning boshlanishi

Turkiyaning atirgul bog‘i – IspartaIspartada atirgulning ming yillarga borib taqaladigan qadimiy, chuqur ildiz otgan tarixi yo‘q. Isparta atirguli atiga 150 yillik tarixga ega. Ispartadan avval atirgul yetishtirish Burdur, Denizli va Chal mintaqalarida amalga oshirilgani ma’lum.

Yalvach tumanidan Isparta shahriga ko‘chib kelgan Meydanbeyog‘li Mehmet Izzetning o‘g‘li Ismoil Afandi atirgulni bu shaharga olib kelgan. Buning juda qiziqarli hikoyasi bor.

Ismoil afandi yaxshi madrasa ta’limi olib, o‘zini doimo takomillashtirib, dunyoqarashi keng inson bo‘lib voyaga yetadi. Ismoil afandining birinchi savdo korxonasi to‘quvchilik bo‘lib, turli ustalardan olgan bilimlari bilan qurgan to‘quv dastgohlari tufayli bu kasb tezda Isparta va Burdurga tarqaladi va ko‘p odamlar bu kasbni o‘rganadilar. 1889 yilda Bolgariyaning Qizanlik tumanidan Denizlining Chal tumaniga kelgan bir kishidan atirgul gulidan moy olish usulini o‘rgangach, bu inson bilan xat yozishadi va atirgul haqida keng ma’lumotga ega bo‘ladi.

Ismoil afandi qo‘shni Burdur, Denizli va Chal tumanlariga sayohatga borib, u yerga atirgul ekib katta daromad qilinayotganini o‘z ko‘zlari bilan ko‘radi. Shundan so‘ng Ispartada atirgul yetishtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirishni boshlaydi.

Ilk davrlarda atirgulni yaxshi yetishtirishiga qaramasdan, atirguldan moy olish usulini bilmagani uchun muvaffaqiyatga erisha olmaydi.

Ismoil afandi bu muvaffaqiyatsizliklarga qaramasdan, ishlashda davom etdi. Muvaffaqiyatsizligining sabablarini tahlil qilib, so‘rab surishtirdi, bilmaganini o‘rgandi. Ko‘plab sinov va tajrinalar o‘tkazdi va nihoyat, atirguldan moy olish usulining eng nozik detallarigacha bilib oldi.

Ismoil afandi kelgusi yil hosiliga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdi. Qishning sovuq, qorli kunlari o‘tib, bahor kelishi bilan Ismoil afandi atirgul bog‘i ko‘rkamlashdi. May oyining birinchi haftasida ob-havo isishi bilan bog‘ katta katta bargli pushti atirgullarga burkandi.

Bu atirgullarning gul yaproqlarini qo‘lda to‘plash uchun yuzlab ishchilar bir oy mobaynida atirgul dalasidan chiqmadi. Gul mavsumi taxminan bir oy davom etdi. Gulchi Ismoil afandi ham bu imkoniyatdan foydalandi, ming bir mashaqqat bilan yetishtirishga erishgan sof “Atirgul yog‘i” va “Atirgul suvi”ni yaxshi narxga sotdi. Birinchi bo‘lib, qarzlarini to‘ladi, keyin yangi uy-joy qurdi, uni jihozladi. Lekin, atirgul sotib topgan pullari tugamadi. U esa buni isrof qilmay, pulni atirgul dalalarini kengaytirishga sarfladi.

“Atirgulchilikda yaxshi pul bor ekan!”

Ispartaliklar Ismoil afandi tajribasidan Isparta zaminining atirgul yetishtirishga juda mos ekanligini bilib oldilar. Atirgulning yaxshi pul olib kelishini ko‘zi bilan ko‘rgandan xalq, “Dalalarimizga atirgul ekaylik, atirgulchilikda yaxshi pul bor ekan!” — deya boshlaydi.

Gulchi Ismoil afandi hasad qilmadi va atirgul ekmoqchi bo‘lganlarga yordam berdi. Bir necha yil ichida hamma dalalarga atirgullar ekilib, Isparta shahri atirgulzorlarga aylandi.

Shundan so‘ng Isparta atirgul yetishtirish bilan mashhur bo‘lib, atirgulchiligi bilan ham tanildi.

Atirgul moyi 1870 yillarning boshida Bolgariyadan ko‘chib kelganlar tomonidan Anadoluga olib kelingan bo‘lsa, Ispartada 1892 yilda atirgul moyi ishlab chiqarish Muftuzade Ismoil Afandi ismli shaxs tomonidan yo‘lga qo‘yildi.

Ismoil Afandi tomonidan retort deb nomlangan oddiy va ibtidoiy qozonlarda ishlab chiqarila boshlangan atirgul moyi ishlab chiqarish uzoq yillar davomida shu usul bilan davom etdi.

Bu tarzdagi atirgul moyi ishlab chiqarish Mustafo Kamol Otaturkning Isparta shahriga kelganida bergan ko‘rsatmasiga binoan 1935 yilda "Iqtisodiyot vazirligi" tomonidan zamonaviy atirgul moyi zavodining tashkil etilishi natijasida sanoat darajasiga chiqarildi.

1958 yilda Gulbirlik tomonidan tashkil etilgan Islomko‘y atirgul yog‘i zavodi va 1976 yilda tashkil etilgan boshqa atirgul moyi zavodlari bilan turk atirgul ishlab chiqarish va atirgul moyi ishlab chiqarish usuli o‘zgardi. Bugungi kunda qishloq tipidagi atirgul yog‘i ishlab chiqarish o‘z o‘rnini sanoat gul yog‘i ishlab chiqarishga butunlay bo‘shatib berdi.

Isparta viloyati, ayniqsa, atirgul moyi va atirgul mahsulotlari uchun Turkiyada muhim markazga aylandi. Viloyatda atirgulni qayta ishlovchi mahalliy va xorijiy korxonalar ko‘paydi. Hozirgu kunda viloyatda «Gulbirlik» va xususiy muassasalarga qarashli jami 15 ta atirgul moyi zavodi ishlab turibdi.

Isparta atirgulining xususiyatlari

Dunyoda 1350 ga yaqin atirgul turlari mavjud bo‘lib, shularning 24 turi Turkiyada yetishtirilayotgan bo‘lsada, atirgul moyi olish uchun ishlatiladigan tur “Rosa damassena Mill” xisoblanadi.

Rosa damassena navlari ko‘p bo‘lsada, ayniqsa «Trigintipetale» navi Bolgariya va Turkiya, Marokash, Misr, Eron, Suriya, Hindiston va Kavkazda gul yog‘i olish uchun yetishtiriladi.

Rosa damassena; ya’ni Isparta atirguli, pushti moyli atirgul, moyli atirgul, saqich atirgul va Damashq atirguli nomi bilan ham tanilgan, pushti rangli, yarim qatlamli va kuchli hidli, qishga chidamliligi yuqori, ko‘p yillik, tikanli o‘simlikdir. Rosa damassena o‘simligining bo‘yi 1,5-3 metrgacha yetadi. Silindrsimon, to‘la, tanasi jigarrang va shoxlangan, shoxlari ko‘plab katta-kichik qattiq tikanlar bilan o‘ralgan, barglari yumshoq va mayda tuklar bilan qoplangan.

Atirgul yaproqlarinin kattaligi 3-4 sm, ovalsimon, chetlari oddiy tishli, pastki yuzasi tukli. Gullari biroz osilgan, och yoki to‘q pushti rang bo‘ladi.

Atirgulning foydalari

Atirgul yog‘i an’anaviy tibbiyotda dori sifatida ishlatilgan. Xalq tabobatida atirgul suvi, atirgul pastasi va gul yog‘i sifatida qayta ishlangan atirgul; bosh og‘rig‘i, isitma, hushidan ketish, oshqozon og‘rig‘i, ko‘zdan qon ketishi kabi kasalliklarni davolashda foydalaniladi.

Isparta viloyatida 100 yildan ortiq vaqtdan beri moyli gul (Rose Damessana) va atirgul moyi ishlab chiqarilmoqda. Bu xususiyati bilan Isparta “Atirgullar diyori” deb ataladi.

Ispartadagi atirgul yetishtiruvchilarni birlashtirgan Gulbirlik, 1954 yilda 9 ta ta’sischi birlik kooperativlari tomonidan tuzilgan Kooperativlar Ittifoqi sifatida tashkil etilgan. Gulbirlik, hozirda 6 ta kooperativ, 8000 ta ishlab chiqaruvchi hamkor, 8 ta atirgul moyi zavodini o‘z ichiga oladi. Gulbirlik bu sohada Turkiya va dunyoning eng yirik ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi firmasi bo‘lib, har kuni mavjud korxonalarda 360 tonna atirgul guli qayta ishladi, turk va jahon standartlariga mos mahsulot ishlab chiqaradi.

Dunyo parfyumeriya va kosmetika sanoatining yetakchi kompaniyalarining atirgul yog‘iga bo‘lgan ehtiyojlarini haligacha qondirayotgan «Gulbirlik» bu sohada o‘z mavqeini saqlab kelmoqda va rivojlantirmoqda. Bundan tashqari, Gulbirlik 1998 yil boshida kosmetika ishlab chiqarishni boshlagan.

Parfyumeriya va kosmetika sanoatining eng muhim va qimmat xom ashyolaridan biri bo‘lgan atirgul moyi pushti moyli atirgullarni bug‘da distillash usuli bilan qaynatish orqali ishlab chiqariladi. Jahon darajasidagi atirgul moyi dengiz sathidan 1050 metr va undan yuqori balandlikda joylashgan Isparta va atrofida yetishtiriladigan atirgullardan olinadi. Atirgullar har yili may-iyun oylarida yig‘ib olinadi.

Fermentasiyadan o‘tmagan, rangi va o‘ziga xos tuzilishini o‘zgartirmagan o‘ta yangi pushti atirgullarni ekstraksiya usuli bilan qayta ishlash natijasida qaymoqsimon, quyuq olchasimon rangli qattiq gul moyi olinadi. Qattiq atirgul moyi parfyumeriya va kosmetika sanoatining xom ashyolarini ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Atirgul yog‘ini ishlab chiqarish jarayonida olingan yog‘li suvni distillangan, toza va issiq suv bilan bir-bir nisbatda aralashtirish natijasida atirgul suvi olinadi. Tabiiy ishlab chiqarilgan atirgul suvi ko‘p marta filtrlanadi, shishalarga solinadi, qadoqlanadi va sotuvga chiqariladi. Atirgul suvlari tabiiy bo‘lib, tarkibida zararli moddalar bo‘lmagani uchun terini oziqlantiruvchi va taranglashtiruvchi xususiyatlari tufayli ba’zi oziq-ovqat mahsulotlari va shirinliklarda xushbo‘y hid sifatida ham qo‘llaniladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

Hududlar “ertami kechmi” baribir Moskvaga tegishli bo‘ladi

Путиннинг ёрдамчиси Донбассдан ҳар икки томоннинг қўшинлари олиб чиқилишини истисно қилмади, бироқ ҳудудлар “эртами кечми” барибир Москвага тегишли бўлишини айтди. Юрий Ушаков

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

«Dahshatli summalar»: AQSh biznesi Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli qancha yo‘qotgani ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда Россиядаги Америка савдо палатаси (AmCham) раҳбари Роберт Эйжи RTVI’га берган интервьюсида маълум қилди.

AQSh Ukrainaga “juda kuchli xavfsizlik kafolatlarini” va’da qildi

Ҳали муҳокама қилиниши керак бўлган баъзи масалалар мавжуд, аммо президент Доналд Трамп эришилган ютуқдан мамнун.

Abdumalik Halokov ishi bo‘yicha IBA’ga apellyasiya beriladi

Бирлашган Араб Амирликларининг Дубай шаҳри мезбонлик қилган ва Халқаро бокс ассоциацияси (IBA) томонидан ташкил этилган Жаҳон чемпионатида Ўзбекистон терма жамоаси тўлиқ таркибда — 13 нафар боксчи билан иштирок этди.

Ukraina Xavfsizlik xizmati ilk bor Rossiya suvosti kemasiga hujum qildi

Таъкидланишича, портлаш оқибатида сувости кемаси жиддий даражада шикастланган ва амалда сафдан чиқарилган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.