Turkiyada yangi hukumat paydo bo‘ldi

Turkiyada yangi hukumat paydo bo‘ldi

Turkiyada yangi hukumat paydo bo‘ldi, deb yozadi Reuters agentligi Erdo‘g‘onning yangi iqtisodiy yo‘nalishga tayyorligi haqida

Taniqli iqtisodchi Mehmet Shimshek moliya vaziri etib tayinlandi. U bu lavozimda 2009 yildan 2015 yilgacha faoliyat yuritgan. Shu tariqa Erdo‘g‘on iqtisodiy yo‘nalishni o‘zgartirishga tayyor ekanini bildirdi, deydi jurnalistlar. Inflyasiya Turkiya uchun jiddiy muammo, bu vaziyatda mamlakat Markaziy banki foiz stavkasini oshirishi kutilmoqda.

Shuningdek, Turkiya milliy razvedka tashkilotining sobiq rahbari Xoqon Fidan tashqi ishlar vaziri lavozimiga tayinlandi. Bosh shtab rahbari Yashar Gyuler mudofaa vaziri lavozimini qabul qildi. Istanbulning sobiq gubernatori Ali Yerlikaya ichki ishlar vazirligiga yangi rahbar etib tayinlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!