Turkiya tinimsiz yonmoqda

Turkiya tinimsiz yonmoqda

Turkiyada yoz boshlangandan beri sodir bo‘lgan o‘rmon yong‘ini soni o‘tgan yil iyun oyiga nisbatan taxminan besh barobar ko‘p. Bu haqda mamlakt o‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi ma’lumot bergan.

Rasmiy statistikaga ko‘ra, 2024 yil 1-21 iyun oralig‘ida 399 bor o‘rmon yong‘ini kuzatilgan, o‘tgan yilning shu davrida mamlakat o‘rmonlarida 84 marta olov chiqqani aniqlangan.

2023 yil oltinchi oyi dastlabki uch haftasida yong‘in oqibatida 41 gektar o‘rmon zarar ko‘rgan bo‘lsa, joriy yil iyun boshidan buyon ayni ko‘rsatkich 2548 gektarga yetdi.

Yoz boshlanishi bilan o‘rmon tashqarisidagi hududlar yonishi holati ham keskin ortib, bu borada so‘nggi uch haftalik ko‘rsatkich 551 taga yetdi. Hisobot davrida 155 joydagi o‘t o‘chirilgan.

Mutaxassislar iyun oyida yong‘in soni ko‘payishini, odatda, iyul-avgust oylariga xos bo‘lgan kuchli jazirama bilan bog‘lamoqda.

Turkiya hukumati avvalroq o‘rmonlarga kirishni taqiqlab, yong‘inga olib keladigan inson omili xavfini kamaytirishga harakat qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!