Turkiya Rossiya bilan bog‘liq muammolar tufayli AQShga yaqinlashishni rejalashtirmoqda

Turkiya Rossiya bilan bog‘liq muammolar tufayli AQShga yaqinlashishni rejalashtirmoqda

Rossiya bilan kelishmovchiliklar tufayli Turkiya AQSh bilan munosabatlarni yaxshilashni rejalashtirmoqda.

Bu haqda “Bloomberg” o‘z manbalariga asoslanib xabar bermoqda.

Agentlik suhbatdoshlarining fikriga ko‘ra, Anqara tashqi siyosatini bir qator omillarga qarab qayta ko‘rib chiqmoqchi.

Xususan, gap AQShda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida Jo Baydenning g‘alabasi va Yevropa Ittifoqining sanksiyalar tahdidi haqida ketmoqda.

Bundan tashqari, Suriyadagi vaziyat tufayli keskinlasha boshlagan Turkiyaning Rossiya bilan kelishmovchiliklari ham muhim fakt hisoblanadi. Zero, ushbu hududda Moskva Bashar al-Asad kuchlarini, Anqara esa jangarilarni qo‘llab-quvvatlamoqda.

Yana Liviyadagi mojaro yuzasidan ham tortishuvlar yuzaga kelgan. U yerda Rossiya Liviya milliy armiyasi, Turkiya esa Tripolida xalqaro miqyosda tan olingan hukumatga ko‘maklashmoqda.

Agentlik manbalaridan birining so‘zlariga ko‘ra, Turkiya Baydenning transatlantik aloqalarga bo‘lgan ishonchi unga NATOdagi sheriklar bilan kelishmovchiliklarni chetlab o‘tishga va uzoq kutilgan qurol kelishuvlari ehtimolini oshirishga yordam beradi, deb hisoblamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!