Turkiya Markaziy bank boshlig‘i ishdan olindi

Turkiya Markaziy bank boshlig‘i ishdan olindi

So‘nggi ikki oy ichida turk lirasi bir AQSh dollari uchun 7,45 dan 8,55 gacha tushganidan so‘ng, Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an mamlakat markaziy banki rahbari boshlig‘i Murat Uysalni ishdan oldi.

Uysal Turkiya Markaziy Bankini 2019 yil iyul oyidan buyon boshqarib kelayotgan edi. Uning o‘rniga sobiq Moliya vaziri Nachi Abgal tayinlandi. Tayinlovga qadar Nachi prezident administrasiyasining strategik va byudjet boshqaruvi raisi lavozimida ishlagan.

Ma’lum qilinishicha, Markaziy bank boshqaruvchisining ishdan olinishi milliy valyuta kursining pasayishi fonida sodir bo‘lgan. 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!