Turkiya dunyoda koronavirus bo‘yicha beshtalikka qo‘shildi

Turkiya dunyoda koronavirus bo‘yicha beshtalikka qo‘shildi

Turkiya dunyoda koronavirus bilan kasallanish holatlari bo‘yicha beshtalik davlatlar qatoriga qo‘shildi, deb xabar beradi SSV matbuot xizmati.

Xabarda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining  dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni bo‘yicha ma’lumotlari keltirilgan.

Unga ko‘ra, dunyo bo‘yicha kasallanganlar soni 151 million 803 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 3 million 186 mingdan ziyod kishi vafot etgan (02.05.2021 yil Yevropa vaqti bilan soat 15:09 holatiga ko‘ra). Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 808 563 yangi holati aniqlandi. 12 870 nafar bemor vafot etdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi (03.05.2021 yil Toshkent vaqti bilan soat 14:21 holati) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda kasallikni 152 million 900 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 3 million 203 mingdan ortig‘i vafot etgan. Kasallik tasdiqlangan holatlar bo‘yicha:

AQSh birinchi o‘rinda turibdi, u yerda JSST ma’lumotlariga ko‘ra 32,002 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi o‘rinda Hindiston (19,557 milliondan ortiq), uchinchi o‘rinda Braziliya (14,659 milliondan ortiq), to‘rtinchi o‘rinda Fransiya (5,553 milliondan ortiq), beshinchi o‘rinda esa Turkiya (4,849 milliondan ortiq).

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, bir sutka davomida AQShda 53 567, Hindistonda 392 488, Braziliyada 68 333, Fransiyada 23 986, Turkiyada esa 28 817 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

Joriy yilning 28 aprel holatiga ko‘ra dunyo bo‘yicha koronavirusga qarshi 1 milliard 011 milliondan ortiq doza vaksina qo‘llanilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!