To‘qayev Rossiyaning ordenini olishdan ham bosh tortdi

To‘qayev Rossiyaning ordenini olishdan ham bosh tortdi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev prezidentlik vakolati tugaguniga qadar na mahalliy, na xorijiy mukofotlarni olmaslikka qaror qilgan. Shu sabab u Rossiyaning Aleksandr Nevskiy ordenini ham qabul qilmadi. Bu haqda “Tengrinews” nashri xabar bermoqda.

Xabarda ta’kidlanishicha, Rossiya tomoni Qosim-Jomart To‘qayevni Aleksandr Nevskiy ordeni bilan taqdirlashni taklif qilgan.

"Davlat rahbari bunday orden berilgani uchun minnatdorlik bildirdi. Biroq u prezidentlik vakolatlari tugagunga qadar ham ichki, ham xorijiy mukofotlarni qabul qilmaslikka qaror qildi. Shu sabab, yaqinda Bishkekka tashrifi chog‘ida prezident To‘qayev Qirg‘izistonning eng oliy ordeni “Birinchi darajali Manas"ni olishdan ham bosh tortgandi”, deydi Qozog‘iston prezidentining matbuot kotibi Ruslan Jeldibay.

E’tirof etish kerakki, kecha, 17 iyun kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin ishtirokidagi Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida To‘qayev Qozog‘iston o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan kvazi-davlatlar, ya’ni Donesk va Lugansk Xalq Respublikalarini tan olmasligini aytgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!