To‘qayev AQShni Markaziy Osiyo davlatlariga tahdid qilmaslikka chaqirdi

To‘qayev AQShni Markaziy Osiyo davlatlariga tahdid qilmaslikka chaqirdi

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev N’yu-Yorkda Jozef Bayden va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bilan uchrashuvi chog‘ida AQSh Prezidentini yadro qurolidan xoli Markaziy Osiyo to‘g‘risidagi protokolni ratifikasiya qilishga chaqirdi.

Bu haqda Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ushbu protokolni ratifikasiya qilgan davlatlar Markaziy Osiyo davlatlariga qarshi yadro qurolini ishlatmaslik, ularga tahdid solmaslik majburiyatini olgan.

To‘qayevning qayd etishicha, bu qadam mintaqaning yadrosiz maqomini institusionallashtirish jarayonini yakunlaydi. Bu, shuningdek, yadroviy qurolsizlanish va uni tarqatmaslik bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatlarning muhim bosqichi bo‘ladi.

Qayd etish joizki, Markaziy Osiyo shimoliy yarim sharda yadro arsenallarini joylashtirish taqiqlangan yagona mintaqa hisoblanadi. Protokol Xitoy, Rossiya, Fransiya va Buyuk Britaniya tomonidan ratifikasiya qilingan. Qo‘shma Shtatlar protokolni imzolagan, ammo ratifikasiya qilmagan yagona yadroviy davlat bo‘lib qolmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!