Nashrning yozishicha, hozir muzokaralar jarayonida AQSh tomonidan asosiy rollarni davlat kotibi Marko Rubio va Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakil Stiv Uitkoff bajarmoqda. Kellog fevral va mart oylarida Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda qatnashmagan. AQSh rasmiylari bu uchrashuvlarda Rossiya va Ukraina delegasiyalari bilan muzokaralar olib borgan. Fevral oyida Kellog Kiyevga tashrif buyurgan edi.
Tramp ma’muriyati vakilining NatSec Daily nashriga ma’lum qilishicha, Kellogning Ukraina bo‘yicha muzokaralardagi roli "katta savol ostida", ammo prezident bu borada hali yakuniy qarorni qabul qilmagan. Shu bilan birga, ma’muriyatning boshqa amaldorlari bu fikrga qo‘shilmay, Kellogni "jamoaning qimmatli a’zosi" deb atashmoqda.
Politico bilan suhbatlashgan manbalar Kellogning muzokaralarda ishtirok etmayotganini AQSh ma’muriyatining Ukrainaga ko‘rsatilayotgan yordamni davom ettirishga shubha bilan qarayotgan qismi ta’sirining kuchayishi sifatida baholamoqda. Kellogga yaqin manbaga ko‘ra, maxsus elchi Tramp bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni davom ettirmoqda. Uning o‘zi esa Uitkoff bilan yaqin hamkorlik qilayotganini ta’kidlagan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Москва якуний тинчлик келишуви бўйича музокараларда муваффақиятга эришилса, Украинада вақтинчалик ўт очишни тўхтатишга тайёрлигини билдирди, деб хабар бермоқда Bloomberg манбалари.
Мутахассиснинг таъкидлашича, сўнгги пайтларда ўзбекистонликлар учун Россия бозорининг жозибадорлиги пасайган, чунки уларнинг ўз ватанида иқтисодиёт ва қурилиш соҳаси жадал ривожланмоқда.
Шунингдек, омборда кирим ҳужжатларига эга бўлмаган, қиймати 1 млрд. 187 млн. сўмлик, маҳаллий ва хориждан келтирилган 25.746 дона турли хил спиртли ичимликлар мавжудлиги ҳам аниқланди.
Аралаш якка кураш устаси Рамазон Темиров 2 март куни UFC Fight Night турнири доирасида Чарльз Жонсонга қарши жанг қилиб, очколар ҳисобига кўра ғалаба қозонган эди.
Путин урушни тўхтатиш бўйича музокаралар арафасида атайлаб "максималистик" талабларни илгари сурган. Унинг ўзи бу талаблар украиналиклар ва европаликлар учун қабул қилинмас бўлиши мумкинлигини билади.