Reuters agentligi manbalariga ko‘ra, Rossiya va AQSh vakillari so‘nggi uch hafta davomida ushbu talablarni yuzma-yuz va onlayn uchrashuvlar davomida muhokama qilishgan.
Moskva ro‘yxatga aynan nimalarni kiritgani ma’lum emas. Manbalarga ko‘ra, Kremlning shartlari avvalroq Ukraina, AQSh va NATOga qo‘yilgan talablardan farq qilmaydi. Jumladan, Moskva Kiyevning alyansga a’zo bo‘lishidan voz kechishini hamda Ukraina anneksiya qilingan hududlarni xalqaro miqyosda tan olishini so‘ragan.
Agentlik Rossiya ushbu shartlar bajarilishidan oldin muzokaralarga kirishishga tayyor bo‘lishi yo bo‘lmasligi aniq emasligini ta’kidladi. Vashingtondagi Rossiya elchixonasi va Oq uy bu masala yuzasidan yuborilgan jurnalistlarning so‘roviga javob qaytarmagan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Мутахассиснинг таъкидлашича, сўнгги пайтларда ўзбекистонликлар учун Россия бозорининг жозибадорлиги пасайган, чунки уларнинг ўз ватанида иқтисодиёт ва қурилиш соҳаси жадал ривожланмоқда.
Олимларнинг фикрича, Қуёш аста-секин кенгайиб боради, бу эса ҳароратнинг ошиши Ер атмосфераси таркибини ўзгартириши ва кислород миқдорини камайтириши мумкин.