Tramp sudga keldi

AQSh sobiq Prezidenti Donald Tramp 2 oktyabr kuni firibgarlik to‘g‘risidagi fuqarolik ishi bo‘yicha sudda qatnashdi. Bu haqda “DM” agentligi xabar berdi.
Ayblanuvchi sud majlisi boshlanmasidan oldin unga nisbatan da’vo ochgan Nyu-York bosh prokurori Letisiya Jeyms va uni aybdor, deb topgan sudya Artur Engoronga murojaat qilib, ularning faoliyatini qoralagan.
Tramp o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni “asossiz” hisoblab, Engoronni “yuzsiz”, afro-amerikalik Jeymsni esa “irqchi”, deb atagan.
“Bu barcha davrlardagi eng yirik jodugar ovining davomi”, dedi keksa siyosatchi.
Demokratik partiya a’zosi Jeyms sobiq davlat rahbari va uning oilasi, xodimlarini “The Trump Organization” xoldingi orqali ko‘p yildan buyon imtiyozli shart asosida kredit, sug‘urta olib kelishda ayblagan. 26 sentyabr kuni sud majlisida sudya Engoron Trampni firibgarlikda aybdor, deb topgan.
Sobiq prezidentga bu ish uchun qamoq jazosi belgilanmaydi, faqat undan 250 million dollar jarima undirilishi mumkin.