Tramp: "AQSh bir tiyin ham to‘lamaydi. Ular to‘lashsin"

Tramp: "AQSh bir tiyin ham to‘lamaydi. Ular to‘lashsin"

AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh Qo‘shma Shtatlarga ko‘chib o‘tgandan keyin Britaniya shahzodasi Garri va uning rafiqasi Megan Marklning xavfsizligi uchun pul to‘lamasligini aytdi.

"Men qirolichaning va Buyuk Britaniyaning do‘sti va muxlisiman. Qirollikni tark etgan Garri va Megan Kanadada doimiy yashashi kerak edi. Xabar berishlaricha, ular Kanadadan AQShga ko‘chib o‘tgan, ammo AQSh ularning xavfsizligini ta’minlash uchun pul to‘lamaydi. Ular to‘lashlari kerak!" – deb yozdi Tramp o‘zining tvitteridagi sahifasida.
Avvalroq "Sun" gazetasi Britaniya shahzodasi Garri va uning rafiqasi Megan Markle Kanadadan Los-Anjelesga ko‘chib o‘tgani haqida xabar bergandi.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!