Toshkentdagi harbiy gospitalda daraxtlar quritilayotganiga munosabat bildirildi

Toshkentdagi harbiy gospitalda daraxtlar quritilayotganiga munosabat bildirildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev Toshkent shahri Mirobod tumanidagi harbiy gospital hududida daraxtlar qarovsiz qolayotgani to‘g‘risidagi murojaatni e’lon qilgandi. Poytaxt Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi mazkur murojaat bo‘yicha munosabat bildirdi.

Toshkentdagi harbiy gospitalda daraxtlar quritilayotganiga munosabat bildirildi

Ma’lum qilinishicha, ushbu holat Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘rganildi.

Aniqlanishicha, ushbu hudud harbiy gospitalga qarashli bo‘lib, hozirda gospital boshqa manzilga ko‘chib o‘tayotgani, hududning egalik huquqi o‘zgarayotgani ma’lum bo‘lgan.

Toshkentdagi harbiy gospitalda daraxtlar quritilayotganiga munosabat bildirildi

Shuningdek, boshqarma xodimlari tomonidan hududdagi mavjud daraxtlarning holati bo‘yicha xatlov o‘tkazilib, natijasi bo‘yicha tegishli tartibda choralar ko‘rilishi hamda daraxtlarning kelgusidagi parvarish qilish masalasi yuzasidan nazorat ta’minlanishi ta’kidlandi.

Toshkentdagi harbiy gospitalda daraxtlar quritilayotganiga munosabat bildirildi

"O‘rganish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi", deyiladi munosabatda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!