Toshkentda yo‘lovchilarga yangi rusumdagi avtobuslar xizmat ko‘rsatadi

Toshkentda yo‘lovchilarga yangi rusumdagi avtobuslar xizmat ko‘rsatadi

Toshkent shahriga 9 ta yangi avtobuslar keltirildi. Bu haqda "Toshshahartransxizmat" AJ matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, “Avtosantrans-servis” ushbu avtobuslarni Xitoyning  "Yutong hongkong limited" kompaniyasidan xarid qilgan. Ular gaz yoqilg‘isida harakatlanadi.

Umumiy 52 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan ushbu avtobuslar o‘rta sig‘imli bo‘lib, 30 ta o‘rindiqqa ega.

Ishlab chiqaruvchi korxona ushbu transport vositalarining 150 ming kilometrgacha benuqson harakatlanishiga kafolat bermoqda.

Ushbu avtobuslar poytaxt yo‘llarida qatnayotgan xususiy korxonaga tegishli eski “Isuzu” rusumidagi avtobuslar o‘rnida harakatlanishi rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!