Toshkentda SES boshqarmasi bo‘lim mudiri pora bilan ushlandi

Toshkentda SES boshqarmasi bo‘lim mudiri pora bilan ushlandi

Prokuratura Departamentining xabariga ko‘ra, Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir davomida sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasi bo‘lim mudiri O.X. 1,7 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Aniqlanishicha, u "N.SH." MCHJning 4 nafar ishchi xodimiga sog‘lomligi to‘g‘risida tibbiy daftarcha tayyorlab berishni va’da qilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan JKning 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!