Toshkentda qarindoshlardan iborat jinoiy guruhga hukm o‘qildi

Toshkentda qarindoshlardan iborat jinoiy guruhga hukm o‘qildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudi sudyasi Abdulla Abdulxayev raisligida 3 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Sudlanuvchilar 22 yoshli yigit 23 yoshli va muqaddam sudlangan 35 yoshli tanishlari bilan oldindan, o‘zaro jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib, o‘zganing juda ko‘p miqdordagi mulkini talonchilik yo‘li bilan talon-toroj qilishni maqsad qilishadi. Guruhdagi vazifalarini taqsimlab, unga ko‘ra, 22 yoshli yigit boshqaruvidagi avtomashinada jinoyat ob’ektini kuzatib, jinoiy sheriklarini xodisa joyiga yetkazish va ularni kutib turishi kerak bo‘ladi. O‘z navbatida 35 yoshli sudlanuvchi hodisa joyiga yaqin turish va begona shaxslar kelgan taqdirda bu haqda sheriklarini ogohlantirishi lozim edi. 23 yoshli sudlanuvchi jabrlanuvchi tanib olmasligi maqsadida yuziga niqob kiyib, o‘tkir tig‘li jism bilan qo‘rollanib, jabrlanuvchidan mulkni egallab olish hamda hodisa joyidan yashirinib, egallagan mulkni uchchovlon o‘zaro taqsimlab olishni rejalashtirishadi.

Jinoyat sodir etilgan kuni, ya’ni yarim tun soat 01:30 larda uchchovlon o‘zganing mulkini bosqinchlik yo‘li bilan talon-toroj qilish maqsadida avtomashinada ko‘zlangan manzil – uy oldidan tilla mahsulotlarini olib ketayotgan sudlanuvchining boshqaruvidagi avtomashina ortidan kuzatib, avtomashina hodisa joyiga yetib kelgunga qadar guruh a’zolari oldindan tuzilgan jinoiy rejaga asosan o‘z joylarini egallab olishgan.

Kuzatuvda bo‘lgan avtomashina manzilga kelgach, u yerdan selofan paketga solingan qog‘oz quti ichidagi, jami narxi 1.000.000.000 so‘mlik tillalarni voyaga yetmagan bola olib chiqib, uni shu yerda kutib turgan voyaga yetmagan jabrlanuvchiga bergandan so‘ng, u tillalarni olib uyga kirgan vaqtida, unga 23 yoshli sudlanuvchi hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, shunday zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib, pichoq ko‘rsatib, uning yuz qismiga qop kiydirib, qo‘l va oyoqlari bilan urib, qo‘lidagi tillalarni bosqinchilik yo‘li bilan egallab, voqea joyidan yashiringan.

Mazkur uch nafar sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 4-qismining “a” bandi bilan aybdor deb topildi. Jinoyat kodeksi 166-moddasi 4-qismining “a” bandi bilan Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llab, 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Manfaatdor taraflarga sudlanuvchidan yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni undirish masalasida fuqarolik tartibida sudga murojaat qilish huquqiga ega ekanligini tushuntirildi.

Apellyasiya shikoyati va protestlari hukm e’lon qilingan kundan e’tiboran yigirma sutka ichida, mahkum, oqlangan shaxs, jabrlanuvchi tomonidan esa ularga hukmning ko‘chirma nusxasi topshirilgan kundan e’tiboran shu muddat ichida berilishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!