Toshkentda mikroavtobus yonib ketdi

Toshkentda mikroavtobus yonib ketdi

Toshkent shahrida o‘tgan sutka davomida 5 ta yong‘in holati qayd etilgan bo‘lib, shulardan 4 tasi qurigan o‘simlik va xazonlarning yonishi bilan bog‘liq bo‘lgan yong‘inlarni tashkil etmoqda. Yong‘inlarda insonlarning halok bo‘lishi va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi.

Xususan, 17 noyabr kuni soat 15:22 da, Sergeli tumani, TXAY ko‘chasi, Erkin ko‘prigi oldida “Istana” rusumli mikroavtobus yongan. Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 15:30 da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 15:35 da bartaraf etilgan.

Yong‘in avtotransport vositasining elektr simlarida vujudga kelgan qisqa tutashuv oqibatida sodir bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda. Yong‘in keltirgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘in joyiga 2 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.

Toshkent shahar yong‘in xavfsizligi boshqarmasi iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’ektlari rahbarlari hamda xodimlarini, shuningdek, fuqarolarimizni yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etishlarini so‘ragan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!