Toshkentda Cobalt ona-bolani urib ketdi

Toshkentda Cobalt ona-bolani urib ketdi

Joriy yilning 3 dekabr kuni taxminan soat 17.00 larda, 1973 yilda tug‘ilgan V.I., davlat raqami 01 N 406 UB bo‘lgan Cobalt rusumli avtomobilni Zulfiyaxonim ko‘chasida boshqarib ketayotib, piyodalar: 1991 yilda tug‘ilgan Z.P. va uning farzandi 2016 yilda tug‘ilgan K.M.ni urib yuborgan. Natijada piyoda Z.K. tan jarohatlari bilan kasalxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Farzandi K.M.ning ahvoli qoniqarli bo‘lgani uchun tibbiy ko‘rikdan so‘ng uyiga yuborilgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!