Toshkentda 24 avgustdan boshlab sovuq suv narxi oshadi

Toshkentda 24 avgustdan boshlab sovuq suv narxi oshadi

Toshkentda 24 avgustdan boshlab sovuq suv va oqova suv (kanalizasiya) narxi oshiriladi. Bu haqda «Suvsoz» davlat unitar korxonasi xabar berdi.

Yangi narxga ko‘ra bir kub metr sovuq suv 310 so‘m + 100 so‘m maxsus ustamani tashkil qiladi. Hozirda ushbu qiymat 280 so‘m + 100 so‘mni tashkil etmoqda.

Bundan tashqari, kanalizasiya narxi bir kub metr uchun 250 so‘m + 100 so‘mni (hozir 235 so‘m + 100 so‘m) tashkil qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!