Toshkentda 1 kunda niqob taqmagan mingga yaqin kishi jarimaga tortildi

Toshkentda 1 kunda niqob taqmagan mingga yaqin kishi jarimaga tortildi

Toshkentda 3 iyul, shanba kuni karantin qoidalariga rioya etmagan va tibbiy niqob taqmagan 964 nafar fuqaro ma’muriy javobgarlikka tortildi, 4885 nafar fuqaro esa ogohlantirildi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

«Hurmatli fuqarolar, karantin qoidalariga rioya etishingiz, avvalambor, sizlarning va yaqinlaringizning sog‘lig‘i uchun kerak. Tibbiy niqob taqing, o‘zingizni va atrofdagilarni koronavirus infeksiyasidan himoya qiling», — deya ogohlikka chaqirgan IIBB matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda jamoat joylarida niqobsiz yurish 2020 yilning mart oyidan boshlab taqiqlangan. Niqobsiz yurganlar jarimaga tortiladi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasiga asosan, vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda jamoat joylarida niqobsiz bo‘lish bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha (4 iyul holatiga ko‘ra, 1 million 225 ming so‘m) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekov O‘zbekistonda virusdan himoyalanish uchun tavsiya etiladigan niqoblardan yaqin orada voz kechish rejasi yo‘qligini aytgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!