“Toshkent-Xojikent-Toshkent” yo‘nalishida shaharlararo elektropoyezdlar qatnovi vaqtincha bekor qilinadi

“Toshkent-Xojikent-Toshkent” yo‘nalishida shaharlararo elektropoyezdlar qatnovi vaqtincha bekor qilinadi

2022 yil 10 may kuni soat 08:30 dan 11 may kuni soat 06:30 ga qadar “Toshkent MTU” UK yo‘lsozlari tomonidan “Toshkent-Xojikent” yo‘nalishida kapital ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” xabar bermoqda.

Poyezdlar harakat xavfsizligi hamda yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida, 2022 yil 10 may kuni “Toshkent-Xojikent-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanadigan 6429, 6430, 6435, 6436, 6437, 6441 hamda 11 may kuni ushbu yo‘nalishda harakatlanadigan 6442, 6440-sonli shaharlararo yo‘lovchi poyezdlar qatnovi bekor qilinadi.

11 may kuni soat 06:30 dan boshlab, ushbu shaharlararo harakatlanadigan elektropoyezdlar o‘z harakat jadvali bo‘yicha qatnovini amalga oshiradi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbariyati noqulaylik uchun yo‘lovchilardan uzr so‘raydi", - deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!