Toshkent xalqaro aeroporti Markaziy Osiyodagi eng gavjum aeroportlaridan biriga aylandi

Toshkent xalqaro aeroporti Markaziy Osiyodagi eng gavjum aeroportlaridan biriga aylandi

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti o‘tgan haftada Markaziy Osiyoning eng gavjum aeroportlaridan biri bo‘ldi.

Aviation Statistics xabariga ko‘ra, O‘zbekistonning bosh aeroportida hafta davomida mingdan ortiq parvoz amalga oshirilgan. Bu Markaziy Osiyodagi ikkinchi ko‘rsatkich hisoblanadi.

Markaziy Osiyoda hafta davomida parvozlar soni bo‘yicha eng gavjum aeroportlar:

1390 – Olmaota (ALA, Qozog‘iston);

1029 – Toshkent (TAS, O‘zbekiston);

904 – Ostona (NQZ, Qozog‘iston);

491 – Bishkek (FRU, Qirg‘iziston);

321 – Ashxobod (ASB, Turkmaniston).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!