Toshkent viloyatida Damas 6 yoshli bolani urib yubordi

Toshkent viloyatida Damas 6 yoshli bolani urib yubordi

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida Damas 6 yoshli bolani urib yubordi. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Viloyat IIBB YHXB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, voqea 27 iyul kuni soat 13:10 larda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani hududidan o‘tgan 4R10 Chorbog‘ suv ombori halqa yo‘li avtomobil yo‘lining 14-kilometrida sodir bo‘lgan.

Haydovchi Z.M. Damas avtomobilida harakatlanib ketayotgan vaqtida yo‘lning chap tomonidan o‘ng tomoniga yugurib o‘tayotgan 2018 yilda tug‘ilgan bolani urib yuborgan.

Oqibatda u turli xil tan jarohatlari olib tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

“Hurmatli ota-onalar, farzandlaringizni avtomobil yo‘llarida qarovsiz qoldirmang!”, deyiladi xabarda.

Hozirda Bo‘stonliq tumani Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!