Toshkent viloyatida aholining mol va qo‘ylarini o‘g‘irlayotgan guruh qo‘lga olindi

Toshkent viloyatida aholining mol va qo‘ylarini o‘g‘irlayotgan guruh qo‘lga olindi

Yuqori Chirchiq tumani «Fayzobod» mahallasida yashovchi fuqaroning hovlisidan 5 bosh qo‘ylar noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan edi. Mazkur holat shu vaqtning o‘zida IIB nazoratiga olinib, surishtiruv ishlariga kirishilgan.

Oradan 4 kun o‘tib, ushbu mahallaning «Qaytmas» ko‘chasida yashovchi yana bir fuqaro xonadonidan ham yuqoridagi kabi 4 bosh qo‘ylar va 2 bosh buzoq o‘g‘irlangani haqida tezkor xabar olingan.

Hududda o‘tkazilgan o‘rganishlar va tezkor surishtiruv tadbirlari davomida ushbu ikki jinoyatni 20-25 yoshlar orasidagi 6 nafar shaxslar sodir etganligi aniqlanib, ular prosessual tartibda ushlangan, deya xabar beradi Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati.

"Holat yuzasidan dastlabki tergov jarayonida, birinchi holat bo‘yicha fuqaroga yetkazilgan 15 mln so‘m moddiy zarar undirib berilishiga erishilgan bo‘lsa, ikkinchi holatda o‘g‘irlangan 4 bosh qo‘y va 2 bosh buzoq jabrlanuvchiga qaytarilishi ta’minlandi.

Hozirda ushlangan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi, 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!