Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yo‘lidagi ko‘prik 5-iyun kuni qisman yopiladi

Ertaga, 5 iyun kuni soat 10:00 dan boshlab Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 4R12 “Bektemir-Chorbog‘ q.” avtomobil yo‘lining 32-kilometrida ( Bo‘stonliq va Yuqorichirchiq tumanlari chegarasida joylashgan ko‘prik) joylashgan ko‘prikning Toshkent-Chorbog‘ yo‘nalishidagi qismi yopiladi.
Chorbog‘-Toshkent yo‘nalishdagi qismida esa qarama-qarshi harakat tashkil etiladi.
Hozirda ushbu joyda barcha tegishli yo‘l belgilari o‘rnatildi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)