Toshkent shahrining bir qator ko‘chalari va maydonlarida 10 yanvargacha transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatildi.
Toshkent shahar hokimligi va IIBBning xabar berishicha, Toshkent shahrida Yangi yil sayillari boshlanishi munosabati bilan shahrimizning bir qator ko‘chalari va maydonlarida 24 dekabrdan 10 yanvargacha transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatildi.
Ko‘chalar ro‘yxati:
- Buyuk Turon ko‘chasi Alisher Navoiy ko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasigacha;
- Zarafshon ko‘chasi Alisher Navoiy ko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasigacha;
- Matbuotchilar ko‘chasi SH.Rashidov ko‘chasidan Amir Temur hiyobonigacha;
- Buxoro ko‘chasi Buyuk Turon ko‘chasidan Tarasa Shevchenko ko‘chasigacha ;
- Istiqlol ko‘chasi Buyuk Turon ko‘chasidan Mustaqillik ko‘chasigacha;
- Mustaqillik ko‘chasi Zarafshon ko‘chasidan AmirTemur hiyobonigacha;
- Sebzor ko‘chasi Alisher Navoiy ko‘chasidan Sirk binosigacha;
- Suggali ota ko‘chasi Zargarlik ko‘chasidan Dilband ko‘chasigacha.
Maydonlar ro‘yxati:
- Compass savdo majmuasi oldi maydoni;
- Xadra maydoni (O‘zbek davlat sirki oldi maydoni)
- Algoritm dahasidagi Roison Elektronics korxonasi oldi maydoni Xalqlar Do‘stligi san’at saroyi oldi maydoni;
- Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamda Hyatt Regency mehmonxonasi oldi maydoni;
- Next savdo majmuasi oldi maydoni;
- Bektemir tumani Madaniyat va aholi dam olish markazi oldi maydoni;
- Temiryo‘lchilar madaniyat saroyi oldi maydoni;
- Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatri oldi maydoni;
- Mirzo Ulug‘bek nomidagi markaziy bog‘;
- Green Park maydoni;
- Eko bog‘ hududlari;
- Toshkent hayvonot bog‘i oldi maydoni;
- Ashxabod madaniyat va istirohat bog‘i hududi;
- Do‘stlik madaniyat va istirohat bog‘i hududi.
Manba: uznews.uz
