Toshkent shahrida qayta tiklanuvchi energiya joriy qilish uchun 1 milliard dollar yo‘naltiriladi

Toshkent shahrida qayta tiklanuvchi energiya joriy qilish uchun 1 milliard dollar yo‘naltiriladi

Toshkent shahrini energiya resurslari bilan ta’minlashni yaxshilash maqsadida Prezident tomonidan quyidagi qo‘shimcha vazifalar belgilab berildi.

Xususan:

- sanoat zonalari va yirik korxonalarda quyosh panellari o‘rnatish orqali 400 million kilovatt soat elektr chiqarish bo‘yicha loyihalarni boshlash;

- ijtimoiy soha va davlat idoralari binolarida quyosh panellarini o‘rnatish hisobiga 75 million kilovatt soat elektr ishlab chiqarishni ta’minlash;

- Yuqorichirchiq tumanida 500 megavattli yirik quyosh elektr stansiyasini qurish;

- poytaxtdagi sanoat korxonalarida elektr yo‘qotishlarini 1 foizga kamaytirish va energiya samaradorligini 3 foizga oshirish;

- 1 ming 817 ta ko‘p qavatli uylarning ichki isitish tizimini to‘liq yangilash;

- 300 kilometr magistral issiqlik tarmoqlarini yangilab, yo‘qotishlarni 5 foizga kamaytirish.

Umuman, shaharda qayta tiklanuvchi energiya joriy qilish uchun 1 milliard dollar yo‘naltiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!