Toshkent shahar jamoat transportida yo‘lovchilarga qo‘lqop bepul taqdim etiladi

Toshkent shahar jamoat transportida yo‘lovchilarga qo‘lqop bepul taqdim etiladi

Avval xabar berilganidek,  joriy yil 19 oktyabridan jamoat transportida turli yuqumli mavsumiy infeksiyalar tarqalishining oldini olish va yo‘lovchilar salomatligini asrash maqsadida Toshkent shahar jamoat transporti (avtobus, metro, yo‘nalishli taksi) xizmatidan foydalanganda yo‘lovchilarning tibbiy niqob va qo‘lqopda bo‘lish tartibi joriy etiladi. 

Bunda tashuvchilar tomonidan jamoat transporti yo‘lovchilariga qo‘lqoplar bepul taqdim etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

Yo‘lovchilar metro stansiyalariga kirishda,  avtobus hamda mikroavtobusga chiqish vaqtida kassa xodimlari, konduktor va haydovchilardan qo‘lqoplarni olishlari mumkin.

Toshkent shahar jamoat transportida yo‘lovchilarning tibbiy niqob va qo‘lqopda bo‘lish tartibining joriy etilishidan yagona maqsad fuqarolar salomatligini asrashdir.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!