Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasiga boshliq tayinlandi

Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasiga boshliq tayinlandi

Akmal Rasulov Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. U bungacha boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan.

Boshqarmaning sobiq boshlig‘i Farhod Dehqonov poytaxtda moratoriyga qaramay daraxtkesarliklar to‘xtamayotgani ortidan 1 fevralgacha ishdan chetlashtirib, uning oxirgi 2 yildagi faoliyati bo‘yicha xizmat tekshiruvi tayinlangan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!