Tomchilatib sug‘orish va ichimlik suvi tizimini ta’mirlashdagi talon-torojliklar fosh etildi

Tomchilatib sug‘orish va ichimlik suvi tizimini ta’mirlashdagi talon-torojliklar fosh etildi



Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Oqdaryo tuman bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “B.I.” MCHJning fermer xo‘jaliklariga o‘rnatib bergan tomchilatib sug‘orish texnologiyalari mutaxassislarni jalb qilgan holda nazorat o‘lchovidan o‘tkazilganda, korxona tomonidan 442,8 mln so‘mlik tomchilatib sug‘orish uskunalari o‘rnatilmasdan, ushbu mablag‘lar talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

Bundan tashqari, “A.SH.” va “M.” fermer xo‘jaliklariga tomchilatib sug‘orish texnologiyasi to‘liq o‘rnatilmagan bo‘lsada, ushbu xo‘jaliklarga suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishga sarflangan xarajatlarni bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratishga ko‘maklashuvchi tuman ishchi guruhi tomonidan 160 mln so‘m subsidiya ajratilgan.

Shu kabi, Departamentning Beshariq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “N.Y.” xususiy korxonasi rahbari S.A. “S.t.” UK viloyat filiali mas’ul shaxslari bilan o‘zaro til biriktirib, “V.-D.” kichik sanoat zonasidagi ichimlik suvi tizimi qurilishida haqiqatda bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali 348,4 mln so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Departamentning Marhamat tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa, “V.YU.” MCHJ rahbari O‘.YU. va “S.t.” UK mas’ul shaxslari hududdagi 4 ta MFYda suv tarmog‘ini tortish va 1 dona suv qudug‘ini ta’mirlash ishlariga amalda bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali 123,8 mln so‘mni talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 209-moddasi (mansab soxtakorligi) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!