TIV Qoraqalpog‘iston voqealarining ayrim OAVlarda yoritilishi yuzasidan bayonot berdi

A A A
TIV Qoraqalpog‘iston voqealarining ayrim OAVlarda yoritilishi yuzasidan bayonot berdi

TIV Nukusda sodir bo‘lgan tartibsizliklar borasida ayrim OAV va huquqni himoya qilish tashkilotlari noxolis bayonot berayotganini ma’lum qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Qoraqalpog‘iston voqealarining ayrim OAVlarda yoritilishi yuzasidan bayonot berdi.

Unga ko‘ra, ayrim ommaviy axborot vositalari va inson huquqlari bo‘yicha tashkilotlar tomonidan noma’lum manbalarga tayangan holda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida sodir bo‘lgan voqealar haqida turli xil taxminlar va asossiz xabarlar muhokama qilinmoqda.

Go‘yoki noqonuniy kuch ishlatish orqali “tinch mitingni tarqatish”, jumladan, favqulodda holat e’lon qilish orqali “mustaqil ovozlarni yopish va axborot oqimini to‘sish” haqida asossiz bayonotlar berilmoqda.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Qoraqalpog‘istondagi voqealar yuzasidan aniqlik kiritib, bu borada batafsil va xolis axborot taqdim etmoqda.

2022 yil 1-2 - iyul kunlari Nukus shahrida O‘zbekiston Respublikasining konstitusiyaviy tizimi, hududiy yaxlitligi va birligiga putur yetkazishga urinish yuz berdi. Konstitusiyaviy islohotlar bo‘yicha umumxalq muhokamasiga kiritilgan takliflarga qarshi norozilik bahonasida bir guruh tajovuzkor shaxslar tomonidan davlat hokimiyati organlari binolarini zo‘ravonlik, otishma va kuch ishlatish orqali egallab olishga harakatlar tashkil etildi.

Ushbu noqonuniy xatti-harakatlar tinch, yagona, demokratik mamlakatda ayirmachilik, beqarorlik va bo‘linishni qo‘zg‘atishga qaratilgan oldindan rejalashtirilgan sabotajdan yaqqol dalolat berdi.

Dushman kayfiyatdagi kuchlar populistik shiorlarni niqob qilib olgan holda, uyali aloqa va Internet orqali soxta yangiliklarni tarqatib, fuqarolarni aksilkonstitusiyaviy faoliyatga ommaviy ravishda jalb qilishga urindilar. Bu Internet aloqasini vaqtincha cheklash choralarini ko‘rishga majbur qildi.

Ommaviy vayrongarchilik va vahshiyliklar chog‘ida Jo‘qorg‘i Kenges (parlament), Nukus shahar IIBB va Milliy gvardiya boshqarmasi binolariga hujum qilishga urinishlar, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini garovga olish va ularning o‘qotar qurollarini tortib olish, davlat, jamoat va shaxsiy mol-mulkka o‘t qo‘yish, buzish va yo‘q qilish, shahar infratuzilmasiga jiddiy zarar yetkazishga urinishlar kuzatilgan.

Bundan tashqari, hujumlar paytida 107 nafar huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari jiddiy tan jarohati olgan, jumladan ularning 23 nafari og‘ir ahvolda qolmoqda. Davlat organlarining jami 270 nafar xodimi turli darajadagi tan jarohatlar oldilar.

Tartibsizliklar ishtirokchilarining vahshiyligi odamlarning ongini manipulyasiya qilgan bir guruh shaxslarning provokasion harakatlari natijasi bo‘lib, fuqarolarning tinch namoyishlari sifatida tasniflanishi joiz emas.

Ushbu noqonuniy harakatlar natijasida, ilgari aytib o‘tilganidek, 18 kishi vafot etdi. Shuni ta’kidlash kerakki, tajovuzlarning faol ishtirokchilarining ko‘pchiligi giyohvand moddalar va spirtli ichimliklar iste’mol qilgan shaxslardan iborat edi.

O‘zbekiston hukumati hokimiyatni kuch bilan qo‘lga kiritish, ayirmachilik g‘oyalarini targ‘ib qilish, aholi o‘rtasida o‘zaro nafratni qo‘zg‘atish, ommaviy tartibsizliklar va zo‘ravonlikka chorlashga qaratilgan har qanday noqonuniy xatti-harakatlarni qat’iy qoralaydi.

Amalga oshirilgan chora-tadbirlar va huquqni muhofaza qilish organlarining oqilona sayi-harakatlari tufayli noqonuniy tadbirlarga chek qo‘yildi.

Ayni paytda Qoraqalpog‘istondagi voqealar yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda. Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro shartnomalarning ishtirokchisi sifatida O‘zbekiston shaffof, mustaqil va xolis tergov tamoyillariga to‘liq rioya etish, shuningdek, tegishli tartib-qoidalar hamda adolatli sud kafolatini ta’minlash tarafdoridir. Tergov natijalari tegishli xalqaro tashkilotlarga yetkaziladi.

O‘zbekiston hukumati tomonidan Qoraqalpog‘istondagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan barcha harakatlar huquqiy tartib-qoidalar doirasida amalga oshirilmoqda hamda, birinchi navbatda, inson hayoti va salomatligiga nisbatan tahdidlarga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan.

Bugungi kunda Qoraqalpog‘istonda mobil aloqa to‘liq faoliyat yuritmoqda, oziq-ovqat do‘konlari, bozorlar, nonvoyxonalar, banklar, shifoxonalar va boshqa ijtimoiy ob’ektlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Elektr enerigyasi, gaz va suv muntazam ravishda yetkazib berilmoqda.

O‘zbekiston tegishli davlat organlari har kuni jamoatchilikni Qoraqalpog‘istondagi vaziyat haqida xabardor qilib bormoqda. Shu munosabat bilan, mazkur mavzu yuzasidan ma’lumotlar yo‘qligi haqidagi bayonotlar asossizdir.

Hech bir kuch O‘zbekiston Respublikasiga demokratik islohotlarni izchil davom ettirish, har bir fuqaroning sha’ni, qadr-qimmati, farovonligi, manfaatlariga g‘amxo‘rlik qiladigan insonparvar, huquqiy va ijtimoiy davlatni barpo etish va mustahkamlash yo‘lida ishonch bilan harakatlanishiga to‘sqinlik qila olmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi barcha ommaviy axborot vositalari va inson huquqlari bo‘yicha tashkilotlarni Qoraqalpog‘istondagi voqealarga xolisona yondashish, turli ishonchsiz manbalarga tayanib, bir tomonlama va shoshilinch xulosa qilmaslik va asossiyz bayonotlar e’lon qilmaslikni so‘raydi.

O‘zbekiston Respublikasi xalqaro hamjamiyat bilan ochiq muloqot, shu jumladan insonning qonuniy manfaatlari, huquq va erkinliklarini himoya qilish masalalarida hamkorlik tarafdori bo‘lib qolmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

O‘zbekistonning "JCH–2026" guruh bosqichidagi raqibi o‘zgarishi mumkin

ФИФА 2026 йилги Жаҳон чемпионати саралаш босқичида Конго терма жамоаси сафида майдонга тушган айрим футболчиларнинг ўйнаш ҳуқуқини текширмоқда.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Finlandiya tashvishda: "Agar Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuviga erishilsa..."

Финландия бош вазири Петтери Орпо мамлакат иқтисодиёти жуда ёмон аҳволда эканини, бунинг асосий сабаби Россия томонидан келаётган таҳдидлар билан боғлиқлигини айтди.

Putin ayrim shaxslarning mablag‘larini cheklash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Ular kimlar?

Ҳукумат Марказий банк билан келишилган ҳолда, оила аъзоларининг ҳар бири учун ойига 10 минг рубль миқдорида лимит белгилаган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

To‘satdan kartangizdan pul yechilsa, hayron bo‘lmang!

ATTO компанияси хабар беришича, 3–4 декабрь кунлари амалга оширилган йўл ҳақи учун кечиктирилган тўловлар тизим томонидан ечиб олина бошлайди. ​Сабаби техник носозликлар бўлиб, баъзи тўловлар аввалроқ ечилмай қолган. ​Қўрқманг! Бу хатолик эмас, фақат ўша кунларда сарфлаган ҳақиқий суммагина ечилади.

"Manchester Siti"ning O‘zbekistondagi hamkori ma’lum bo‘ldi

Англиянинг "Манчестер Сити" клуби Ўзбекистоннинг "Artel" компанияси билан ҳамкорлик қилади.

Фаластиннинг БМТ доимий вакили Рияд Мансур Исроилнинг Ғазага ҳужум қилишини ва халқаро резолюцияларни бузишини танқид қилди.

Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.

Isroil G‘azoga 200 ming tonnadan ortiq bomba tashlagan — Rajab Toyyib Erdo‘g‘an

Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.

Tehronda turar-joy binosi qulab tushdi, odamlar vayronalar ostida qolib ketdi

Теҳроннинг Яфтобод туманида уч қаватли турар-жой биноси қулаб тушди.

Firibgarligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Istanbuldan tutib keltirildi

2023 йилдан буён Юнусобод тумани ИИО ФМБ томонидан қидирувга эълон қилинган фуқаронинг Туркия Республикаси Истанбул шаҳрида яшириниб юргани аниқланиб, ўтказилган тезкор тадбирлар давомида қўлга олинди ва Ўзбекистонга қайтарилди.

Afg‘onistondan olib kelingan giyohvandlik vositasi to‘xtatib qolindi

Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».