Tim Kuk milliarderga aylandi, “Apple” kapitallashuvi esa 2 trillion dollarga yaqinlashdi
O‘tgan haftada “Apple” aksiyalari narxi qariyb 5 foizga oshdi.
Bu haqda “mir24.ru” xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, iyul oyi oxiridayoq dunyodagi eng qimmat brendga aylangan kompaniya endilikda fond bozori chegarasiga yanada yaqinlashgan.
Ayni damda kopmpaniyaning bozor qiymati deyarli 2 trillion dollar bo‘lib, bu deyarli Italiya yalpi ichki mahsulotiga tengdir.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)