Termizda O‘zbekiston—Yaponiya texnologik universiteti tashkil etiladi

Termizda O‘zbekiston—Yaponiya texnologik universiteti tashkil etiladi

Alpha Gakuin instituti va Surxondaryo viloyati hokimligi o‘rtasida Termiz shahrida O‘zbekiston—Yaponiya texnologik universitetini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu haqda Surxondaryo viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Loyiha doirasida iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi, qurilish, tibbiyot va hamshiralik, mehmonxona menejmenti, avtomobilsozlik, yapon tilini o‘rgatish kabi yo‘nalishlarda talabalarni o‘qitish, professional ta’lim berish va kasbga o‘rgatish rejalashtirilgan.

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)ning Sharqiy va Markaziy Osiyo mamlakatlari departamenti bosh direktori T.Nakazato bilan kechgan uchrashuvda, JICA hamkorligida Surxondaryo viloyatida amalga oshirilayotgan loyihalar muhokama etilib, bu boradagi ishlarni jadallashtirish, shuningdek, agentlik mablag‘lari hisobidan yerlarni meliorativ holatini yaxshilash loyihasini amalga oshirish kelishuviga erishilgan.

Bundan tashqari, Surxondaryo viloyati delegasiyasi Yaponiyaning Xokkaydo prefekturasiga tashrifi davomida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Xokkaydo prefekturasi bilan savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, qishloq xo‘jaligi, madaniyat, mehnat resurslari kabi sohalarda hamkorlik qilish va qo‘shma tadbirlar hamda loyihalarni amalga oshirishga kelishib olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!