Tegishli Qonun bilan amaldagi 4 ta Qonunga tadbirkorlik sub’ektlariga yengilliklar yaratishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritildi

Tegishli Qonun bilan amaldagi 4 ta Qonunga tadbirkorlik sub’ektlariga yengilliklar yaratishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritildi

Tegishli Qonun bilan amaldagi 4 ta Qonunga tadbirkorlik sub’ektlariga yengilliklar yaratishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritildi.

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva ma’lum qildi.

Mazkur Qonunda:

✅ tadbirkorlik sub’ektining ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda kreditorlarni yozma ravishda xabardor qilish va ommaviy axborot vositalarida bu haqida e’lon berish tartibini bekor qilish;

✅ soliq to‘lovchilarga soliq organlarining sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari bo‘yicha qabul qilgan qarorlari ustidan to‘g‘ridan to‘g‘ri sudga shikoyat qilish huquqini berish nazarda tutilgan.

Qonunga muvofiq:

⏺Soliq kodeksi;

⏺“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi;

⏺“Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi;

⏺“Xo‘jalik shirkatlari to‘g‘risida”gi qonunlarga o‘zgartirishlar kiritildi.

✅ Xususan, Soliq kodeksida sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari bo‘yicha qabul qilgan qarorlar ustidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sudga shikoyat qilish mumkinligi belgilanmoqda.

✅ Soliq kodeksiga mazkur o‘zgartirish kiritilishi natijasida tadbirkorlik sub’ektlarining o‘z huquqlarini sud orqali himoya qilish imkoniyati kengaytirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!