Teatrda Nikol Kidmanning yuziga tarsaki tushirishdi

Teatrda Nikol Kidmanning yuziga tarsaki tushirishdi

 


Sidney opera teatrida avstraliyalik aktrisa Nikol Kidmanning yuziga urishdi. Bu haqda uning turmush o‘rtog‘i Kit Urban «Independent»ga xabar bergan.

Uning aytishicha, spektakldan keyin tik turgan holda qarsak chalishayotganda er-xotinning orqasida o‘tirgan kishi Kidmanning yuziga urgan. Bunga ularning qarsak chalishiga tomoshabinning g‘azablanishi sabab bo‘lgan. Uning fikriga ko‘ra, Avstraliyada bunday odat mavjud emas.

Natijada, tomonlar o‘rtasida janjal boshlanib, polisiyani chaqirishga to‘g‘ri keldi.

Keyinchalik Urban hech qachon opera teatrida bo‘lmaganini va u yerda qarsak chalish qabul qilinmasligini bilmasligini aytgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!