Tayvanda kuchli zilzilalar sodir bo‘lishda davom etmoqda

Tayvanda kuchli zilzilalar sodir bo‘lishda davom etmoqda

Tayvan sharqida ketma-ket zilzilalar davom etmoqda, so‘nggi uch soat ichida sakkizta 5,0-5,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.

Zilzila o‘choqlari 10 km chuqurlikda joylashgan. Episentri Xualyan shahridan 16-36 km uzoqlikda joylashgan. Yer silkinishlari Tayvanning bir qancha hududlarida sezilgan.

Umuman, oxirgi 12 soat ichida Tayvan sharqida magnitudasi 5,0 va undan yuqori bo‘lgan 20 dan ortiq zilzilalar qayd etilgan bo‘lib, ulardan ikkitasi 6,0 va 6,1 ballga yetgan.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyining boshida Tayvanda 7,5 magnitudali zilzila sodir bo‘lgandi. Hodisa oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘lgan, 52 kishi bedarak yo‘qolgan va 1000 dan ortiq kishi jarohat olgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!