Tayson: "Zamonamizning eng yaxshi bokschilari Devin Xeyni, Shakur Stivenson​​​​​​​ va..."

Tayson: "Zamonamizning eng yaxshi bokschilari Devin Xeyni, Shakur Stivenson​​​​​​​ va..."

Super og‘ir vazn toifasida boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Mayk Tayson zamonamizning eng yaxshi bokschilarini ma’lum qildi.

Tayson ukrainalik Vasiliy Lomachenko, shuningdek, amerikalik Devin Xeyni, Shakur Stivenson, Jervonta Devis, Errol Spens va Rayan Garsiyani alohida ta’kidlab o‘tdi. Uning fikricha, bu sportchilarni kuzatish qiziqarli.

Aprel oyining oxirida Tayson xayriya musobaqalarida bir nechta jang o‘tkazish istagini bildirgandi. Shundan so‘ng u mashg‘ulotlarga kirishib, zaldagi videolarini namoyish qila boshladi. 28 noyabr kuni sportchi Roy Jonsga qarshi ko‘rgazmali jang o‘tkazishi rejalashtirilmoqda.

Amerikalik bokschi 2005 yildan beri ringga chiqmagan. Sportchi 58 ta jang o‘tkazib, 50 marta g‘alaba qozongan (shundan 44 tasi nokaut bilan). Shuningdek, Tayson og‘ir vaznda jahon chempioni unvoniga sazovor bo‘lgan tarixdagi eng yosh bokschi hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!