Tarixiy yodgorliklar uy-joy qurish uchun emas...

Tarixiy yodgorliklar uy-joy qurish uchun emas...

Prokuratura organlari tomonidan Madaniy meros agentligi bilan birgalikda tarixiy yodgorliklarni muhofaza qilish va saqlashga qaratilgan tizimli nazorat tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.

Shunday tadbirlarning birida Yangi Namangan “Go‘zal” mahallasida joylashgan “Bo‘zchi mozor” arxeologiya yodgorligining 0,17 ga yer maydonida fuqaro A.Q. tomonidan uy-joy qurish maqsadida XVI-XVII asrlarga oid qabrlar buzib yuborilib, qadimiy ob’ektga juda ko‘p miqdorda 6,9 mlrd. so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi.
Tekshirishlar natijasiga ko‘ra jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatimiz o‘tamiz!!! Mazkur jinoiy qilmishlar qonunchilikka asosan og‘ir jinoyat hisoblanib, aybdor shaxslarga nissbatan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llaniladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!