Dunyoga mashhur “Stylecraze” sayti sayyoramizning eng go‘zal ayollarining ro‘yxatini tuzib chiqdi. Aytish kerakki, ro‘yxatga dunyoga mashhur bo‘lgan aktrisa, qo‘shiqchi, va modelyerlar kiritildi. Marhamat, ular bilan tanishing.
10. Emma Uotson
• Tug‘ilgan yili: 1990 yil 15 aprel
• Tug‘ilgan joyi: Parij (Fransiya)
• Bo‘yi: 1,65 m
• Kasbi: aktrisa
Aktrisa “Garri Poter”da ijro etgan roli uchun bir necha xalqaro mukofotlar bilan taqdirlangan. Braun universiteti talabasi bo‘lgan aktrisaning “Tortinchoq bo‘lishning yengilliklari” filmidagi roli ham anchagina muvaffaqiyatli chiqqan.
9. Gal Gadot
• Tug‘ilgan yili: 1985 yil 30 aprel
• Tug‘ilgan joyi: Isroil
• Bo‘yi: 1,78 m
• Kasbi: aktrisa
Isroillik aktrisa Gal Gadotga “Mo‘jizaviy ayol” filmidagi mo‘jizaviy ayol obrazi katta shuhrat olib kelgan.
8. Priyanka Chopra
• Tug‘ilgan yili: 1982 yil 18 iyul
• Tug‘ilgan joyi: Jamshedpur (Hindiston)
• Bo‘yi: 1,69 m
• Kasbi: aktrisa
Bir necha marotaba kino borasidagi mukofotlar bilan taqdirlangan aktrisa 2000 yilda “Dunyo go‘zali” tanlovining g‘olibasi ham bo‘lgan edi. U hind aktirisalari orasida eng ko‘p gonoror oluvchi aktrisa bo‘lishdan tashqari, “Time” jurnali tomonidan tuzib chiqilgan “Eng kuchli ta’sirga ega bo‘lgan 100 ta shaxs” ro‘yxatiga ham kiritilgan.
7. Beyonce
• Tug‘ilgan yili: 1981 yil 4 sentyabr
• Tug‘ilgan joyi: Texas (AQSh)
• Bo‘yi: 1,69 m
• Kasbi: qo‘shiqchi va aktrisa
Beyons AQSh ilm-fan san’at milliy akademiyasi tomonidan ta’sis etilgan “Grammi” sovrini bo‘yicha 62 ta nominasiyadan 22 tasining mukofotlari bilan taqdirlangan. Shuningdek, u muxlislari tomonidan “Qirolicha B” deb ataladi. Qo‘shiqchi yana bir mashhur qo‘shiqchi Jay-Zning turmush o‘rtog‘i hisoblanadi.
6. Ayshvariya Ray Bachchan
• Tug‘ilgan yili: 1973 yil 1 noyabr
• Tug‘ilgan joyi: Mangalor (Hindiston)
• Bo‘yi: 1,70 m
• Kasbi: aktrisa
Hindistonning megayulduzi hukumat tomonidan ta’sis etilgan “Padma Shri” mukofoti bilan taqdirlangan. 1994 yilda “Dunyo go‘zali” tanlovida g‘olibasi bo‘lgan aktrisa o‘sha davrdan beri tuziladigan go‘zallar ro‘yxatidan doimo o‘rin olib kelgan. U qirqdan ortiq filmlarda suratga tushgan.
5. Liza Xeydon
• Tug‘ilgan yili: 1986 yil 17 iyun
• Tug‘ilgan joyi: Chennay (Hindiston)
• Bo‘yi: 1,78 m
• Kasbi: aktrisa, modelyer, dizayner
“Oysha” filmida ijro etgan debyut roli aktrisaga shuhrat olib kelgan. Bundan tashqari, u dizaynerlik va modelyerlik sohasida ham salmoqli yutuqlarga erishgan.
4. Anjelina Joli
• Tug‘ilgan yili: 1975 yil 4 iyun
• Tug‘ilgan joyi: Los-Anjeles (AQSh)
• Bo‘yi: 1,69 m
• Kasbi: aktrisa, rejissyor, AQSh elchisi
Anjelina Joli anchagina muvaffaqiyatli aktrisa bo‘lib, Oskar va Oltin Globus mukofotlari bilan taqdirlangan. Shuningdek, u Gollivudning eng ko‘p maosh oluvchi aktrisasi ham hisoblanadi.
3. Bleyk Layvli
• Tug‘ilgan yili: 1987 yil 25 avgust
• Tug‘ilgan joyi: Los-Anjeles (AQSh)
• Bo‘yi: 1,78 m
• Kasbi: aktrisa
Unga mashhurlik olib kelgan rol “G‘iybatchi qiz” serialidagi Serena roli hisoblanadi. Bleyk aktyor Ryan Reynoldga turmushga chiqqan.
2. Skarlett Yoxansson
• Tug‘ilgan yili: 1984 yil 22 noyabr
• Tug‘ilgan joyi: Nyu-York (AQSh)
• Bo‘yi: 1,60 m
• Kasbi: aktrisa va qo‘shiqchi
Aktrisaning “Lusi” va “Don Jon” filmlarida ijro etgan rollari unga haqiqiy shuhratni olib kelgan.
1. Dipika Padukone
• Tug‘ilgan yili: 1986 yil 5 yanvar
• Tug‘ilgan joyi: Kopengagen (Daniya)
• Bo‘yi: 1,74 m
• Kasbi: aktrisa
Evropada tug‘ilgan hind aktrisasi nafaqat Hindistonda, balki butun sayyoraning eng ko‘p gonorar oluvchi aktrisasi hisoblanadi. “Stylecraze” ro‘yxatida esa unga birinchi o‘rin nasib etdi.
Manba: qalampir.uz
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола «Брентфорд» устози Кейт Эндрюснинг биринчи бўлимида Абдуқодир Ҳусанов майдондан четлатилиши керак эди, деб ҳисоблаётгани ҳақида ўз фикрларини билдирди.
Исроил Сурия ҳудудининг бир қисмини оккупация қилиб турганига қарамасдан, Дамашқ ҳукумати билан хавфсизлик масалалари бўйича келишувга эришишга интилаётганини билдирди.
АҚШ президенти Дональд Трамп миллатга қилган навбатдаги мурожаатида ўз маъмурияти фаолиятини юқори баҳолаб, мамлакатдаги мавжуд муаммолар учун собиқ президент Жо Байден бошчилигидаги демократларни айблади. Тахминан 20 дақиқа давом этган чиқишида у иқтисод, хавфсизлик, миграция ва ташқи сиёсат масалаларига тўхталиб ўтди.
Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.
Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.
Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.
Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.
Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.