Talaba ota-onasi va singlisini o‘ldirish uchun qotil yolladi. Nega?

Talaba ota-onasi va singlisini o‘ldirish uchun qotil yolladi. Nega?

Yigitcha Qora dengiz bo‘yidagi uy va boshqa mulklardan iborat merosga ega bo‘lishni istagan.

2018 yilning yanvar oyida Sochida ochilgan yosh yigitning merosga ega bo‘lish niyatida o‘z ota-onasi hamda kichik singlisini o‘ldirish uchun qotil yollashi bo‘yicha to‘plangan jinoyat ishi materiallari sudga oshirildi.

23 yoshli talaba dengiz bo‘yidagi uy hamda boshqa mol-mulkka ega bo‘lish niyatida barcha oila a’zolarining o‘limini tashkil etishga qaror qiladi. U o‘z rejasini keyinroq polisiyaga murojaat qilgan do‘stiga aytib beradi. Shundan so‘ng yigitchaga xo‘rak tashlanadi - killer rolini esa tezkor xizmat vakillari bajarishadi. U qotil ga uyning tuzilishi, kuzatuv kamerasining qayerda joylashgani, xonadondagi it va hatto ov qurollari haqida ham aytib beradi. Qotillik uchun uch million rubl miqdorida narx belgilanadi.

Barcha oila a’zolarining vafoti to‘g‘risida eshitganidan so‘ng yigitchaga ko‘z yosh to‘kish, o‘zini qayg‘uga tushgandek ko‘rsatish tayinlanadi. Tezkor suratga olish davomida killer undan Qayg‘uga tushasanmi? deb so‘raydi. Yigitcha esa ishonch bilan boshini qimirlatib yo‘q ishorasini berdi.

Mazkur rejani batafsil qog‘ozga tushirib, bajaruvchi ga topshirayotgan yigitchani tezkor xizmat xodimlari qo‘lga olishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!