Tailand Rossiya fuqarolarining maxsus vizasiz qolish muddatini 90 kundan 60 kungacha qisqartirdi

Tailand Rossiya fuqarolarining maxsus vizasiz qolish muddatini 90 kundan 60 kungacha qisqartirdi

Tailand hukumati Rossiya fuqarolarining maxsus vizasiz qolish muddatini 90 kundan 60 kungacha qisqartirdi. Yangi qoida 1 maydan kuchga kiradi, deb xabar berdi TASS axborot agentligi.

Tailand Bosh vaziri Settxa Txavisin hukumat tashqi ishlar vazirining taklifini ma’qullaganini aytdi. Ushbu qoida qancha muddatga joriy etilishi hozircha aniq emas.

90 kunlik muddat faqat 2023 yilning noyabr oyida vaqtinchalik asosda joriy qilingan.

Qirollik rasmiylariga ko‘ra, 2024 yil boshidan beri Tailandga 700 ming Rossiya fuqarosi tashrif buyurgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!