Tailand 2021 yilgacha turistlarni qabul qilmoqchi emas

Tailand 2021 yilgacha turistlarni qabul qilmoqchi emas

Tailand turizm boshqarmasi (TAT) mamlakat turistlar uchun 2021 yilgacha yopiq turishi mumkinligini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, qirollik hukumati koronavirus olib kirilishi sababli yana pandemiya avj olishidan xavfsiramoqda, deb xabar berdi TTG Asia portali.

"TAT rahbari o‘rinbosari Chattan Kunjara Na Ayudxya Tailand chegaralari qachon ochilishi mumkinligi borasida hech qanday ma’lumot yo‘qligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat bu masalaga juda ehtiyotkorlik bilan yondashmoqda", - deb yozadi nashr.

Ayudxyaning qayd etishicha, bunday noaniqlik mamlakat turizmiga kuchli salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Tailand hukumati pandemiyani yengdi deb hisoblangan mamlakatlar, masalan Vyetnamda koronavirus bilan bog‘liq holatlar qayd etilgani sababli xavfsiz"turistik yo‘laklar" tashkil etish bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatgan.

TAT rahbari Yutasak Supasornning so‘zlariga ko‘ra, pandemiyaga qadar turizm sohasida 4 mln kishi xizmat qilgan, ammo keyingi yarim yilda daromadning pasayishi natijasida ishsiz qolganlar soni 2,5 mln kishiga yetishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!