Suv ob’ektlarimizga «Smart Water» tizimi joriy qilinadi

Suv ob’ektlarimizga «Smart Water» tizimi joriy qilinadi

Yurtimizning asosiy suv ob’ektlariga zamonaviy SmartWater tizimi joriy etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar berayotir.

Bugungi kunda mamlakatimizda suv xo‘jaligi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi bilan Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) o‘rtasida imzolangan bitimga muvofiq, respublikamizning asosiy suv ob’ektlariga zamonaviy Smart Water ( Aqlli suv ) tizimi joriy qilinmoqda.

Mazkur loyiha Koreya xalqaro hamkorlik agentligining grant mablag‘i evaziga moliyalashtirilyapti. Loyihaga ko‘ra, respublikamizning 61 ta ob’ektlariga manbadagi suv sarfini real vaqt rejimida (onlayn) kuzatish imkonini beruvchi tizim o‘rnatiladi.

Loyiha doirasida Janubiy Koreyadan uskunalar olib kelinib, mamlakatimizdagi 16 ta suv ombori, 45 ta kanalning boshlanish qismiga o‘rnatiladi.

Smart Water tizimining zamonaviy qurilmalari ob’ektdagi suv sarfi, ob-havo, yog‘ingarchilik va boshqa ma’lumotlarni onlayn rejimda foto va videomateriallarni vazirlikda tashkil etilgan yagona monitoring va kuzatuv markaziga uzatib turadi.

Ushbu ma’lumotlar tezkor qayta ishlanib, kerakli foydalanuvchilarga internet yoki lokal aloqa orqali uzatilishi mumkin. Kelgusida Smart Water tizimini respublikaning barcha sug‘orish tarmoqlariga keng tatbiq etish rejalashtirilgan.

Manba: terabayt.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!