Surxondaryoda Neksiya haydovchisi yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuboradi

Surxondaryoda Neksiya haydovchisi yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuboradi

Surxondaryoning Sho‘rchi tumanidagi “Baxshtepa-1” mahallasi hududidan kesib o‘tuvchi avtomobil yo‘lining 8 km.da, shu mahallada yashovchi Husan Paydoyev (ism-shariflar o‘zgartirilgan) boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtoulovi bilan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani turtib yuboradi.

Natijada piyoda hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati olib, kasalxonaga yotqizildi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!