Suriyaning "Shayrat" aerodromida dron operatorlari Ukrainaga qarshi urushda qatnashish uchun o‘qitilmoqda

A A A
Suriyaning "Shayrat" aerodromida dron operatorlari Ukrainaga qarshi urushda qatnashish uchun o‘qitilmoqda

Suriyaning "Shayrat" aerodromida dron operatorlari Ukrainaga qarshi urushda qatnashish uchun o‘qitilmoqda. Bu haqda Ukraina harbiy razvedkasi ma’lum qildi.

Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasining ma’lum qilishicha, tayyorgarlik uchun “Hizbulloh” guruhi va "Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi" mas’uldir.

Ular Rossiya Federasiyasi Ukrainaga qarshi jang qilish uchun yuborishni rejalashtirayotgan rossiyalik va suriyalik yollanma askarlarga "Shahed-136" va "Abdali-3" dronlarini boshqarishni uchun o‘rgatmoqda, deyiladi Ukraina razvedkasi bayonotida.

Rossiya, Eron va Suriya rasmiylari bu bayonotga izoh bermadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!