Suriyadagi terroristik tashkilot safida bo‘lgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Suriyadagi terroristik tashkilot safida bo‘lgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

2000 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan shaxs internet tarmog‘i orqali Suriyadagi “Tavhid va jihod katibasi” terroristik tashkiloti a’zosi bilan tanishib, ularning safiga borib qo‘shilishni maqsad qiladi.

So‘ngra virtual tanishining huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining e’tiboriga tushmaslik bo‘yicha bergan ko‘rsatmalari asosida, 2023 yilning iyun oyida aviachiptani aynan uchib ketish kuni qimmat narxda bo‘lishiga qaramay, sotib olib, Istanbul shahriga jo‘nab ketadi.

Turkiya orqali Suriyaga o‘tgan jizzaxlik yigit “Tavhid va jihod katibasi” terroristik tashkiloti a’zolari safida g‘oyaviy hamda harbiy tayyorgarlikdan o‘tadi.

Ammo, Suriya hukumati kuchlari tomonidan amalga oshirilgan harbiy amaliyotlar natijasida jiddiy jarohat oladi.

Sog‘ligi tiklanganidan keyin, u terroristik tashkilotning xo‘jalik ishlariga jalb etiladi.

2023 yilning dekabr oyida davolanish uchun yashirin yo‘llar bilan Suriyadan qo‘shni davlatga o‘tgan vaqtida qo‘lga olingach, O‘zbekistonga olib kelindi.

Hozirda unga nisbatan Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan Jinoyat Kodeksining 155-2 (terrorchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida o‘quvdan o‘tish, chiqish yoki harakatlanish) va 244-2 (diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) -moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!