Superliganing 28-turi doirasida Termizdagi «Voha derbisi» kutilganidek jonli va kurashlarga boy tarzda o‘tdi. «Surxon» va «Sho‘rtan» jamoalari o‘rtasidagi bahsda yakka gol taqdirni hal qildi.
Boshidanoq tashabbus termizliklar qo‘lida bo‘ldi. Ilk daqiqalardanoq hujumkor o‘yin namoyish etgan «Surxon» bir necha bor hisobni ochish imkoniga ega bo‘ldi. 7-daqiqada Muhammad-Ali Abdurahmonovning zarbasini raqib posboni Eshbo‘tayev qaytardi. Oradan biroz vaqt o‘tib, Asadbek Karimovning zarbasi darvoza yonidan o‘tib ketdi.
18-daqiqada Sunatilla Poyonovning jarima zarbasi jonli devorga tegib maydondan chiqib ketgan bo‘lsa, 27-daqiqa esa Rustam Turdimurodovning uzoq masofadan yo‘llagan kuchli zarbasini Eshbo‘tayev mo‘’jiza bilan qaytardi. 29-daqiqada «Sho‘rtan» tomonidan kiritilgan to‘p ofsayd sababli hisobga olinmadi.
Birinchi bo‘limda «Surxon» bir necha xavfli hujumlar tashkil etgan bo‘lsa-da, gol kiritish imkonini topa olmadi. Tanaffusga jamoalar 0:0 hisobida chiqishdi.
Ikkinchi taymda ham termizliklar tashabbusni saqlab qolishdi. 55 va 60-daqiqalarda Nodirbek Abduxoliqovning zarbalari xavfli chiqdi, ammo raqib darvozaboni bu safar ham ishonchli o‘ynadi.
82-daqiqada esa asosiy voqea ro‘y berdi — Rustam Turdimurodovning aniq uzatmasidan keyin zaxiradan maydonga tushgan Sarvar Abduhamidov darvozani ishg‘ol qildi — 1:0!
Shundan so‘ng «Surxon» hisobni saqlab qolishga e’tibor qaratdi. 90+6-daqiqada posbon Yo‘ldoshevning muhim seyvi jamoani so‘nggi daqiqalarda qutqarib qoldi.
Shu tariqa, «Surxon» muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi va o‘z ochkolarini 31 taga yetkazdi.
Superliga, 28-tur
10 noyabr 2025 yil. Termiz. «Surxon» stadioni. SURXON - SHO‘RTAN - 1:0 Gol: Sarvar Abduhamidov, 82 (1:0) Ogohlantirishlar: Behruz Karimov (50), Nodirbek Abduxoliqov (63), Dilshod Yo‘ldoshev (90+).
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Ўзбекистон футболида катта ўзгаришлар даври бошланмоқда. Президентнинг янги қарорига мувофиқ, Суперлига клубларини молиявий соғломлаштириш ва босқичма-босқич хусусий секторга ўтказиш бўйича аниқ «йўл харитаси» белгиланди.
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Шадаев "VK", "Ozon" ва "Яндекс" каби йирик платформа вакиллари билан ҳам учрашиб, улардан "VPN" орқали кирувчи фойдаланувчилар учун чекловлар қўйишни сўради.
Дастлабки маълумотларга кўра, мазкур маҳсулотлар Қирғиз Республикасидан ноқонуний равишда олиб кирилган бўлиб, уларнинг бир қисми ярим тайёр, яна бир қисми эса қайта ишланган ҳолатда бўлган.
Озарбайжонда 33 ёшли эркак шок ҳолатга олиб келган ҳаракати билан фуқаролар эътиборини тортди. У аввало онасига ҳужум қилиб, уни вафот эттирди, кейин эса ўз жонига қасд қилиб, ўзини ёқиб юборди.